Главная » Yangiliklar » Umumta`lim maktablari yuqori sinf o`quvchilari uchun yana bir imkoniyat yaratildi
Umumta`lim maktablari yuqori sinf o`quvchilari uchun yana bir imkoniyat yaratildi

Umumta`lim maktablari yuqori sinf o`quvchilari uchun yana bir imkoniyat yaratildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Umumta`lim maktablari yuqori sinf o`quvchilari uchun yana bir imkoniyat yaratildi
  • Дата релиза: 19-07-18, 02:01
Umumta`lim maktablari yuqori sinf o`quvchilari uchun yana bir imkoniyat yaratildi
2018/2019 o`quv yilidan boshlab umumiy o`rta ta`lim muassasalarida yuqori sinf o`quvchilari uchun ular egallashni xohlagan kasblarning asosiy xususiyatlari va kasb standartlarini ta`riflovchi multimedia vositalari bilan jihozlangan situasion xonalar tashkil etiladi.

Bu Prezidentimizning joriy yil 14 iyuldagi “Aholi bandligini ta`minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorida belgilandi.

Yuqori sinf o`quvchilari uchun kasbga yo`naltirish kurslarini o`tkazish yuzasidan dastur ishlab chiqiladi. Shu asosda yoshlar o`zi istagan kasbga yo`naltirilib, mashg`ulotlar olib boriladi.

Bu ularning kelgusida tanlaydigan kasbini aniq bilishi, shunga mos tayyorgarlik ko`rishi va yaxshi mutaxassis bo`lishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: