Главная » Yangiliklar » Urumchi—Olmaota yo`lovchi poezdi harakati Toshkentgacha uzaytirilishi mumkin
Urumchi—Olmaota yo`lovchi poezdi harakati Toshkentgacha uzaytirilishi mumkin

Urumchi—Olmaota yo`lovchi poezdi harakati Toshkentgacha uzaytirilishi mumkin

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Urumchi—Olmaota yo`lovchi poezdi harakati Toshkentgacha uzaytirilishi mumkin
  • Дата релиза: 25-02-18, 14:51
Urumchi—Olmaota yo`lovchi poezdi harakati Toshkentgacha uzaytirilishi mumkin
Qozog`iston poytaxti Ostonada 23 fevral kuni «O`zbekiston temir yo`llari» kompaniyasi, Qozog`istonning «Passajirskie perevozki» hamda «Qazaqstan temir jo`li» kompaniyalari vakillari o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Uchrashuv chog`ida temir yo`l orqali yo`lovchi tashish yo`nalishidagi dolzarb masalalar muhokama qilingan. Tomonlar, xususan, «Olmaota—Toshkent» yo`nalishida harakatlanuvchi №1/2 xalqaro yo`lovchi poezdi qatnovi davriyligini oshirishni kelishib olgan. Unga muvofiq, 2018 yilning 18 martidan poezd haftasiga uch marta qatnaydi (hozirda ikki marta).

Buyuk Ipak yo`lining qayta tiklanishi hamda turizmni ommalashtirish doirasida «Urumchi—Olmaota» poezdi yo`nalishini yozgi mavsumda Toshkentgacha uzaytirish imkoniyatlari ko`rib chiqiladi.

Qozog`iston tomoni, shuningdek, «Toshkent—Moskva» va «Toshkent—Samarqand—Termiz» yo`nalishida qo`shimcha poezdlar harakati yo`lga qo`yilishini qo`llab-quvvatladi.

Uchrashuv chog`ida tomonlar elektron chiptalar sotuvini rivojlantirish bo`yicha ishchi guruh tashkil etish bo`yicha ham kelishib olgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: