Главная » Yangiliklar » Urush qatnashchilari avtomobillarni eski narxda va navbatsiz olishi mumkin
Urush qatnashchilari avtomobillarni eski narxda va navbatsiz olishi mumkin

Urush qatnashchilari avtomobillarni eski narxda va navbatsiz olishi mumkin

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Urush qatnashchilari avtomobillarni eski narxda va navbatsiz olishi mumkin
  • Дата релиза: 07-06-17, 18:51
Urush qatnashchilari avtomobillarni eski narxda va navbatsiz olishi mumkin
GM Uzbekistan kompaniyasi 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari uchun avtomobillar eski narxda qolishini ma’lum qildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

“Kelib tushayotgan ko‘p sonli savollarni inobatga olib, iste’molchilarga quyidagini ma’lum qilamiz: 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilariga berilgan nomli sertifikatlar asosida tuziladigan yangi shartnomalarda 2017-yil 31-mayigacha amal qilgan narxlar qo‘llaniladi. Bundan tashqari, avtomobillar faxriylarga navbatsiz beriladi”, — deyiladi kompaniyaning Facebook’dagi rasmiy sahifasidagi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 1-iyundan GM Uzbekistan avtomobillari davlat kursidagi dollarga bog‘langan holda so‘mda sotila boshlandi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: