Главная » Yangiliklar » «UY EGALARINI «PROPISKA»DAN ChIQAROLMAYaPMAN»
«UY EGALARINI «PROPISKA»DAN ChIQAROLMAYaPMAN»

«UY EGALARINI «PROPISKA»DAN ChIQAROLMAYaPMAN»

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: «UY EGALARINI «PROPISKA»DAN ChIQAROLMAYaPMAN»
  • Дата релиза: 21-10-17, 11:37
«UY EGALARINI «PROPISKA»DAN ChIQAROLMAYaPMAN»
-O`n yil ilgari uy sotib olgandim. Turar-joyning avvalgi egalari «Propiska»dan o`chirmay turing, o`zimizga uy qilib olaylik» deyishganiga ham o`n yil bo`ldi. Uy ro`yxatiga 11 kishini kiritganmiz. Sobiq egalari bilan 14 nafarmiz. Bu masalani qanday hal qilsak bo`ladi?

Hadicha Qozoqova, Andijon viloyati

-Oldi-sotdi shartnomasi bandlarining birida sobiq mulkdor va uning oila a`zolari qancha muddat ichida turar-joy ro`yxatidan chiqib ketishlari belgilangan bo`ladi. Sobiq mulkdor va uning oila a`zolari shartnomada belgilangan muddatda o`z ixtiyorlari bilan uy ro`yxatidan chiqib ketmasalar, siz shu uy joylashgan hududdagi fuqarolik sudiga, ularni turar-joydan foydalanish huquqini yo`qotgan deb topishni so`rab, ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin. Agar shartnomada sobiq mulkdor va uning oila a`zolarini turar-joy ro`yxatidan chiqish muddati belgilanmagan bo`lsa, bunday holatda mulkdor va uning oila a`zolari sababsiz olti oydan ortiq shu uyda yashamayotganliklarini ko`rsatib, ularni turar-joydan foydalanish huquqini yo`qotgan deb topishni so`rab, fuqarolik sudiga murojaat etasiz.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: