Главная » Yangiliklar » UYLARNI RAQAMLASh QANChA TURADI?
UYLARNI RAQAMLASh QANChA TURADI?

UYLARNI RAQAMLASh QANChA TURADI?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: UYLARNI RAQAMLASh QANChA TURADI?
  • Дата релиза: 03-11-17, 20:55
UYLARNI RAQAMLASh QANChA TURADI?
— Mahallamizda xonadonlarni raqamlash maqsadida pul yig`ilmoqda. Buning uchun aslida qanchadan pul mablag`lari yig`ish kerak? Bu ishlarni kim nazorat qiladi?

N.Ermatov, Samarqan viloyati, Payariq tumani

M.BOBOYoROV, Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Samarqand viloyati kengashi:

— O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3-fevraldagi PF-4944-son "Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmonida qayd etilgan mahalla instituti yanada takomillashishining ustuvor yo`nalishlaridan kelib chiqib hamda 2017 yilning "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e`lon qilinishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining elektron qabulxonasiga kelib tushgan murojatlarini belgilangan muddatda hal etish, murojaatchilarga o`z vaqtida javoblarni etkazishda, qolaversa mahalla hududida jamoatchilik nazoratini kengaytirish, xavfsizlikni ta`minlashda, favqulodda vaziyatlarda tegishli tashkilotlarnnng (tez tibbiy yordam, yong`in xavfsizligni, FVB, IIB) tezkor harakat qilishda ko`chalarning nomi va raqami mavjud bo`lishi muhim ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib, N.Ermatov yashaydigan mahalladagi xonadonlarni raqamlash yakka tartibdagi tadbirkor J.Hasanov tomonidan 8000 ming so`mdan o`rnatib berilmoqda. Tadbirkor mahsulot issiq va sovuqqa chidamli xom-ashyodan tayyorlanib, ko`p yillar davomida sifatli xizmat qilishiga kafolat bergan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: