Главная » Yangiliklar » Valiahd shahzoda marhum Tailand qirolining o‘rnini egallashga chaqirilmadi
Valiahd shahzoda marhum Tailand qirolining o‘rnini egallashga chaqirilmadi

Valiahd shahzoda marhum Tailand qirolining o‘rnini egallashga chaqirilmadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Valiahd shahzoda marhum Tailand qirolining o‘rnini egallashga chaqirilmadi
  • Дата релиза: 13-10-16, 23:46
Valiahd shahzoda marhum Tailand qirolining o‘rnini egallashga chaqirilmadi
Tailand valiahd shahzodasi, 64 yoshli Maxa Vachiralongkorn otasi, 88 yoshida olamdan o‘tgan Pxumipon Adulyadetning vafotidan so‘ng uning taxtini egallash uchun taklif etilmadi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. Mamlakat qonunchiligiga muvofiq, monarxning vafotidan so‘ng uyushtirilgan parlament majlisidan so‘ng uning valiahdi chaqirilib, taxtga chiqarilishi lozim edi. Ammo parlamentning 13-oktabr kuni o‘tgan sessiyasi yakunlanganidan so‘ng shahzoda taxtga chorlanmadi. Mamlakat bosh vaziri Prayut Chan-ochning so‘zlariga qaraganda, shahzodaning o‘zi ushbu rasmiyatchilikni o‘tkazishga shoshilmay, “millat bilan birgalikda qayg‘uga cho‘mish” imkonini berishni so‘ragan. Eslatib o‘tamiz, Tailand qiroli Pxumipon Adulyadet 88 yoshida olamdan o‘tdi. Shu munosabat bilan mamlakatda bir yillik motam e’lon qilindi. 14-noyabrga qadar barcha davlat tadbirlari bekor qilindi. Shu vaqt ichida butun mamlakat bo‘ylab bayroqlar tushiriladi.
Логин:
Пароль: