Главная » Yangiliklar » Vashington markazidagi Janna d’Ark haykaliga shikast yetkazildi
Vashington markazidagi Janna d’Ark haykaliga shikast yetkazildi

Vashington markazidagi Janna d’Ark haykaliga shikast yetkazildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Vashington markazidagi Janna d’Ark haykaliga shikast yetkazildi
  • Дата релиза: 23-09-16, 22:39
Vashington markazidagi Janna d’Ark haykaliga shikast yetkazildi
Noma’lum shaxslar AQSh poytaxti markazidagi Meridian Hill bog‘ida o‘rnatilgan Janna d’Ark haykaliga shikast yetkazdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Vashington milliy bog‘lari xizmati rasmiy vakili Emili Linrotning ma’lum qilishicha, qonunbuzarlar haykalning o‘ng qo‘lidagi bronza qilichni sindirib olib, olib ketdi.

San’at asariga qarshi xatti-harakatlar 20-sentabr kuni amalga oshirilgani taxmin qilinmoqda. Shunga qaramay, bu holat ertasi kuni aniqlandi. “Orlean bibisi”ning qo‘lidagi qilich o‘rnida faqat uning dastasi qolgani aytilmoqda.

Politsiya bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yubordi.

1978-yilda xuddi shu haykal qo‘lidagi qilich o‘g‘irlab ketilgan va u faqatgina 2011-yilda qayta tiklangan edi.
Логин:
Пароль: