Главная » Yangiliklar » Vashingtonda otishma yuz berdi: 2 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi yaralandi
Vashingtonda otishma yuz berdi: 2 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi yaralandi

Vashingtonda otishma yuz berdi: 2 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi yaralandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Vashingtonda otishma yuz berdi: 2 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi yaralandi
  • Дата релиза: 18-09-16, 22:16
Vashingtonda otishma yuz berdi: 2 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi yaralandi
AQSh poytaxti janubi-sharqidagi Anakostiya/Berri Farm tumanida 17-sentabr, shanba kuni kechki payt ro‘y bergan ommaviy otishma tufayli ikki kishi halok bo‘ldi, olti kishi jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Shahar politsiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Piter Nyushemga ko‘ra, jarohatlanganlar orasida ayol va 8 yoshli bola ham bor. Jabrlanganlar hayotiga hech narsa tahdid qilmayotgani bildirilmoqda. Gumonlanuvchilar hibsga olingan yoki yo‘qligi haqida ma’lum qilinmadi. Rasmiylar otishma bahs tufayli kelib chiqqanini taxmin qilmoqda. Biroq buning sabablari, mojaro tadbir chog‘i yoki bunga qadar sodir bo‘lgani aniq emas. Politsiya jinoyatchini tadbirda ishtirok etgan kishilar olgan fotosuratlar yordamida topishga umid qilmoqda.
Логин:
Пароль: