Главная » Yangiliklar » ​"VIA MAROKAND" GURUHINING "FIShKA"SI VA ABDURAShIDNING ASAL HAQIDAGI HAQIQATLARI(EKSKLYuZIV)
​

​"VIA MAROKAND" GURUHINING "FIShKA"SI VA ABDURAShIDNING ASAL HAQIDAGI HAQIQATLARI(EKSKLYuZIV)

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​"VIA MAROKAND" GURUHINING "FIShKA"SI VA ABDURAShIDNING ASAL HAQIDAGI HAQIQATLARI(EKSKLYuZIV)
  • Дата релиза: 30-08-17, 21:26
​"VIA MAROKAND" GURUHINING "FIShKA"SI VA ABDURAShIDNING ASAL HAQIDAGI HAQIQATLARI(EKSKLYuZIV)
"So`g`diyona" gazetasi Asal va Abdurashid –"VIA Marokand"guruhi xonandalari bilan suhbat uyushtirdi.

—Qisqa fursat ichida "VIA Marokand" talab o`sib borayotgan guruhlar safidan joy olib ulgurdi. Mashhurlik hissini tuyyapsizmi?

Asal: – Qo`shiqlarimiz o`z muxlisini topayotganidan xursandmiz. To`g`risini aytsak, bu darajada sevimli guruhga aylanamiz deb o`ylamagandik.

Abdurashid: – Niyat qilganmiz, xalqimizning e`tirofini qozonaylik deya, ammo qisqa fursat ichida tanilishimiz, taronalarimiz bu qadar ommalashishi... rosti aqlga sig`maydigan ishlar bo`lyapti.

—Xursandmisizlar?

Asal: – Albatta!

Abdurashid: – Tinglovchilarning mehrini qozona olayotganimizdan behad baxtiyormiz.

Asal: – Tadbirlarga ba`zan nimadir sabab bo`lib, kayfiyatsiz kirib borishimiz mumkin. Ammo odamlarning yuzidagi tabassumi va «Hozir qaysi qo`shiqni kuylashar ekan» deya bizga qadalgan nigohlaridan darrov o`zimizni qo`lga olamiz. Bir voqea yodimga tushdi, «Barkamol avlod» sport o`yinlari tadbirida qatnashayotib, barcha san`atkorlar bir sahnada turib, davlat madhiyasini kuyladik. O`shanda tomoshabinlarning bizga jo`r bo`layotganlarini ko`rib, to`lqinlanib ketdim.

Abdurashid: – Rosa yig`ladingiz-a, o`shanda Asal?

Asal: — (kulib) Hecham-da, yig`laganim yo`q, faqat ko`zlarim yoshlandi, xolos.

Abdurashid: – Viloyatlarda o`tkazilgan tadbirlarda yurib shuni bildimki, xalqning mehrini qozonish qiyin, ammo uni yo`qotib qo`yish juda oson ekan. San`atkor qanchalik xalq bilan yaqin bo`lsa, o`ziga foyda toparkan.

Asal: – Biz endi–endi viloyat miqyosidagi tadbirlarda qatnashyapmiz, rostini aytsam, qanday bo`larkin deya juda qo`rqqandim. Axir bu birinchi marotaba-da, biz uchun. Lekin qaerga bormaylik, iliq kutib olishyapti.

Abdurashid: – Uzr, Asal gapingizni bo`laman. Yodingizdami viloyatdagi birinchi tadbirimiz, «Tarnov» qo`shig`iga ishlangan klipimiz endi chiqqan paytlar edi. Boshqa san`atkorlar qatorida o`tiribmiz-u, bizni tanisharmikan deya hayajondamiz. Navbat berishganida esa «Tarnov»ni ijro etdik va «Shular aytganmi bu qo`shiqni?» degan shivir-shivirlar eshitildi zalda.

Asal: – Qo`limizga mikrafon tutqazishganida-chi, esingizdami qanday hayajonlaganimiz, bir–birimizga «Siz gapiring» deb qolgandik.

Abdurashid: – Lekin bugun ancha dadilmiz. Siz bilan so`nggi uchrashuvimizdan keyin intervyularga binoyidek tilimiz kelishib qoldi (kuladi).

—Ko`cha–kuyda tanib qolishayotgandir?

Abdurashid: – Asal bilan birga yursak, darrov tanishadi. Alohida–alohida bo`lganimizda esa «Marokand» ekanligimizni birov bilsa biladi, bilmasa yo`q.

Asal: – Xizmatlarga ketayotib, yo`l–yo`lakay do`konga kirib qolsak, dastxat so`rab, suratga tushib olaylik deya atrofimizni o`rab olishadi. Shoshilib turgan bo`lsak ham rad qilolmaymiz.

Abdurashid: – Gavjum joylarda yursak, atrofimizni bolalar o`rab olishadi. Erinmay hammasi bilan rasmga tushamiz. Zavqi o`zgacha-da! Bu xuddiki biror egulikni mazza qilib tanovul qilgandek yoki orzungizdagi biror nimani sotib olgandagi yoqimli kayfiyat beradi.

—Ijro uslubingiz ko`pchilikka manzur kelayotgani rost, ammo shu bilan kifoyalanib qolmasangiz kerak?

Asal: – Bir xillik bir kun kelib me`daga tegishi mumkin demoqchisiz-da, shundaymi? Hozircha ijro uslubimizni o`zgartirmoqchi emasmiz, negaki aynan shunisi bilan biz «Marokand»miz! Balki keyinchalik prodyusserimiz Javlon Shodmonovning taklifi bilan boshqa ijro yo`nalishini ham sinab ko`rarmiz.

Abdurashid: – Vaqt o`tgani sayin yuzimizdagi bolalarcha beg`uborlik yo`qoladi. O`zimizga qolsa-yu, bunday bo`lmasa edi. Fursati kelib, ijro uslubimizni yoshimizga mos tarzda o`zgartirish talab qilinsa, shunday bo`ladi ham. Biroq bu keskin ravishda emas, asta–sekinlik bilan amalga oshiriladi.

—Nima bo`lganida ham «Marokand»ning «fishka»si saqlanib qolinadi, demak?

Abdurashid: – Ha! Bizni tanitgan, kliplarimizning ommalashishiga xizmat qilayotgan ham aynan «Marokand» «fishka»si, uni yo`qotmaslikka harakat qilamiz.

—Adashmasam, siz maqom bilan shug`ullangan ekansiz Asal?

Asal: – O`quvchilik davrim maqom to`garagiga borganman, aniqrog`i uydagilar shuni istashgan va meni mashg`ulotlarga qatnayapti deb o`ylashardi. Men esa ko`cha aylanib, yo`l-yo`lakay sotiladigan mazali shirinliklarni sotib olishga qiziqardim. Ammo maqomni davom ettirmadim. Xoreografiya maktabiga o`qishga kirdim.

—Nima deb o`ylaysiz, hozir maqomdan dars olsangiz ovoz imkoniyatingiz etarmikan?

Asal: – Rosti bilmayman.

Abdurashid: – Davom ettirsa, eplab ketadi. Ba`zan menga baqirib qolishlaridan bilaman-da, ovoz imkoniyati yaxshi (kuladi).

— "MU5" telekanalining «Dublyajda artistlarda» loyihasida ishtirok etdingiz, ammo qiynalganingiz bilindi.

Asal: – Biz dublyaj aktyorlari emasmiz, qolaversa, loyiha shartiga ko`ra bir marotabada ovozlashtirish kerak ekan. Shunga ham qiynaldik. Ayniqsa, menga juda og`ir bo`ldi. Balki bir o`zim bo`lganimdami uddalardim, ammo ketma–ketlikda matnni o`qish chalg`itarkan.

Abdurashid: – U erda improvizasiya ham kerak edi-da.

Asal: – Men impravizasiyaga yaxshiman, buni bilasiz. Ammo eng asosiysi ovoz bilan ishlash! Bu esa g`oyat mashaqqatli. Buning ustiga bizga berilgan multfilm va filmdan parchalarni ham eslolmadim, balki hayajonlangandirman. Prodyuserimiz Javlon akaning bir odatlari bor, «Qilolmayman» degan so`zni qabul qilmaydilar. «Bajarasan» deydilar-da, o`zingizni sinab ko`rishingizga imkoniyat hozirlaydilar. Bu inson juda yaxshi ustoz!

Abdurashid: – Aktyor, rejissyor, prodyusser, qo`shiq ham aytadilar...

Asal: – Ana bo`lmasa, sirni ochib qo`ydik-ku!

—Tadbirlarda to`rt kishi bo`lib xizmat qilasizlar-u, kliplarda faqat ikkingiz, nega shunday?

Asal: – Sheriklarimiz bek-vokal ijrochilari. Boshqa guruhlardan farqimiz ham shu, hech kim bek–vokal bilan xizmatga chiqmaydi. Bizda esa, hatto, liboslargacha bir xil. Kimnidir ajratib qo`yish yo`q. To`rttalamiz bir qatorda turib ijod qilamiz. Kim biladi deysiz, balki keyinchalik ular ham guruh sifatida faoliyat yuritishar.

—«Marokand»da ijod qilayotganidan beri Asal ancha o`zgardi, degan gaplarni eshitdim...

Asal: – Nega endi, o`zgarganim yo`q.

—Tashqi ko`rinishingizni nazarda tutgandim, kun sayin go`zallashib borayotgan ekan.

Asal: – Ha-a-a, (kulib) rahmat! Siri nimada demoqchisiz-da, a? Muxlislarning mehri bo`lsa kerak! Yuz-ko`zim, hammasi o`zimniki, tabiiy (kuladi). Qolaversa, ulg`ayyapman, shuning ham ta`siri bor. Balog`at yoshida o`zimga yoqmasdim, juda injiq edim. O`smirlikdan o`tyapman chog`i, tashqi ko`rinishim o`zgarib boryapti.

Abdurashid: – Guruh endi tashkil qilingan paytlari Asal juda qaysar, o`zinikini ma`qullaydigan qiz edi.

Asal: – Uyquchi, kech qolib keladigan...

Abdurashid: – Oradan ko`p vaqt o`tmagan bo`lsa ham Asalda o`zgarishlar bor. Kezi kelganida prodyusserlarimizdan dakki eshitib, bugun men ham, Asal ham ishga mas`uliyat bilan qarashni o`rganyapmiz. Lekin xizmatgami yoki tadbirga ketayotib, kimdir ushlanib qolsa, bir–birimizni himoya qilamiz. «Yonimda, birga ketyapmiz» deya.

—Sirni ochib qo`ydingizmi?

Abdurashid: – A, yo`g`-e (kuladi)

Asal: – Menga qolsa, pardozsiz yurishni afzal bilaman. Tabiiy ko`rinishimdan sira uyalmayman ham.

—«Tosh tabib» filmidagi debyut rolingiz haqida suhbatlashsak, ijrongizdan ko`nglingiz to`ldimi?

Asal: – Yo`q! Qandaydir hayajonlandim. Qahramonimning so`zlari rol matni ekanligini his qilib turganimgami, tutilib qolaverdim. Chunki yolg`on so`zlasam, duduqlanib qoladigan odatim bor. Ustoz aktyor–aktrisalarning ijrosini kuzatib, harakat qildim uddalashga, lekin yig`lagan paytlarim ham bo`ldi. Men o`zimni aktrisa hisoblamayman, kinoga esa ancha qovun pishig`i bor hali (kuladi).

Abdurashid: – Men esa rolimdan mamnunman, ijrom yoqdi!

—Oybek va Nigora, Farhod va Shirin – ko`pincha so`z ustalarimizning nishoniga aylanishadi. Ammo «Marokand» haqida hazillar...

Abdurashid: – Bor! «Dizayn» jamoasi konsertida hazil bo`ldi, televideniedagi komedik dasturlarda kulguga olishadi. Shaxsan men bundan ranjimayman, aksincha xursand bo`laman. Bu ham bir reklama-da!

Asal: – Jiddiy kulguga olishganicha yo`q-ku, lekin kichik hazillar bo`lib turadi. Biz haqimizda gapiraverishsin, mayliga.

—Gapirishsinu, ammo yaxshi so`zlar bilan tilga olishsin! Aynan shuni tilab qolaman suhbatimiz yakunida

Asal/Abdurashid: – Aytganingiz kelsin!

Blis:

Asal, Abdurashid haqida:

—Biror bir ashaddiy muxlisasi unga sevgi izhor qilsa...

—Hayron bo`lgancha, kulib, qarab qoladi. Qiz bolaning sevgi izhor qilishi bu jasorat. Men bunday qilolmasdim.

Abdurashid: – To`ylarda ko`p bora sezganman, yonimizdan qizlar o`tib ketsa, Asalning nigohlari darrov menga qadaladi.

Asal: – «Jim bo`ling» deyman keyin, chiroyli qizlardan ko`z uzolmay qolishadi-da bular.

— Sherigingiz kimdan yo nimadan qo`rqadi?

...oyisidan hayiqib turadi.

—Bolalikda do`stlari uni nima deb atashgan?

—Rashid bo`lsa kerak...

—Maktabda o`zlashtirishi qiyin bo`lgan fan qaysi?

—Matematika degandi.

—San`atdan tashqari uni qaysi sohada ko`rolasiz?

—Futbolda!

Abdurashid, Asal haqida:

—Tasavvur qiling, ofisga kelsangiz Asal yig`lab o`tiribdi...

—Holi joniga qo`ymay sababini bilib olaman. Asalning shunaqa odati bor, biror masalaning echimini topolmasa yig`laydi.

—Ovqat tayyorlashni biladimi?

—Ha! Ba`zan mehribonchiligi tutib, uydan ovqat pishirib keladi, ko`proq Evropacha taomlar tayyorlaydi. Nomini bilmayman-u, lekin juda mazali chiqadi.

Asal: – Somsani juda mazali pishiraman. Chunki o`zim yaxshi ko`raman-da.

Abdurashid: – Lekin egisi kelgan narsani tanovul qilmaguncha tinchimaydi. Jahlim chiqsa ham tishimni tishimga bosib, aytganini qilaman. Hammasidan ham oshni yaxshi ko`radi.

—Kiyinishini kimdir tanqid qilsa...

—O`zinikini ma`qullaydi va «Menga yoqsa bo`ldi» deydi. Gapirsam, aytganimga kiradi, ammo notanish odamlarning tanqidini ko`tarmaydi.

—Qaysi xonandaning qo`shig`ini soatlab eshitadi?

—Rashid Holiqov taronalarini.

—Uning siz bilgan eng katta orzusi?

—Uni qadrlaydigan insonga turmushga chiqib, shirin-shirin farzandlarning onasi bo`lish!

—Bu deyman kuyovbolani ham ko`pchilik bo`lib sinar ekansizlar-da?

—Albatta! Eng birinchi bo`lib mening imtihonimdan o`tadi. Lekin aytib qo`yay, Asalni o`ziga yarasha fe`li bor, shunga ham uni tushunadigan kuyov uchrasin deyapman-da.

Dildora YuSUFBEKOVA suhbatlashdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: