Главная » Yangiliklar » Via Marokand guruhining lisenziyasi to`xtatib qo`yildi
Via Marokand guruhining lisenziyasi to`xtatib qo`yildi

Via Marokand guruhining lisenziyasi to`xtatib qo`yildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Via Marokand guruhining lisenziyasi to`xtatib qo`yildi
  • Дата релиза: 30-05-18, 17:05
Via Marokand guruhining lisenziyasi to`xtatib qo`yildi
“O`zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo`shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholovchi Badiiy Kengash a`zolari tomonidan “VIA Maroqand” guruhining “Turist” qo`shig`iga ishlangan videoklipida juz`iy kamchiliklar bo`lganligi bois klipni ommaga taqdim etish rad etilgan edi.

"Biroq, guruh a`zolarini bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, ushbu klip ommaviy axborot vositalari orqali namoyish etilganligi sababli, “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan “VIA Maroqand” guruhi a`zolari Zakirova Asalxon Baxtiyorjon qizi va Tashmatov Abdurashid Xusanovichlarga berilgan lisenziyalar joriy yilning 29 may kunidan to`xtatilganligini ma`lum qilamiz", - deyilgan muassasa rasmiy bildirishida.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: