Главная » Yangiliklar » Video ko‘rish va musiqa tinglash mumkin bo‘lgan yangi Nokia 130 telefoni 25 dollardan sotiladi
Video ko‘rish va musiqa tinglash mumkin bo‘lgan yangi Nokia 130 telefoni 25 dollardan sotiladi

Video ko‘rish va musiqa tinglash mumkin bo‘lgan yangi Nokia 130 telefoni 25 dollardan sotiladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Video ko‘rish va musiqa tinglash mumkin bo‘lgan yangi Nokia 130 telefoni 25 dollardan sotiladi
  • Дата релиза: 12-08-14, 23:57
Video ko‘rish va musiqa tinglash mumkin bo‘lgan yangi Nokia 130 telefoni 25 dollardan sotiladi

Microsoft kompaniyasi bir va ikki SIM-kartali Nokia 130 telefonini ishlab chiqardi. Bu haqda Nokia Conversations ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

 Nokia 130 telefoni 1,8 dyuymli displeyga ega va unda video ham ko‘rish mumkin. Shuningdek, telefonda MP3-pleyyer, FM-radio va orqa tomonida fonar mavjud. Unga 32 gigabaytgacha bo‘lgan xotira kartasini o‘rnatish mumkin.

 Telefon batareyasining quvvati tinimsiz musiqa eshitganda 46 soatga, video ko‘rilganda 13 soatga, suhbatlashish rejimida ishlatilganda esa 13 soatga yetadi.

 Uning xotirasiga musiqa va videolarni USB yoki Bluetooth orqali joylash mumkin. Telefon internetga ulana olmaydi.

 Shuncha qulay xususiyatlarga ega Nokia 130 telefonining narxi 19 yevro (25 dollar)ga avgust-sentabr oylarida sotuvga chiqadi.

Логин:
Пароль: