Главная » Yangiliklar » ​VIDEOO`YIN TUFAYLI 6 YoShLI BOLA UChINChI QAVATDAN O`ZINI TAShLADI
​VIDEOO`YIN TUFAYLI 6 YoShLI BOLA UChINChI QAVATDAN O`ZINI TAShLADI

​VIDEOO`YIN TUFAYLI 6 YoShLI BOLA UChINChI QAVATDAN O`ZINI TAShLADI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​VIDEOO`YIN TUFAYLI 6 YoShLI BOLA UChINChI QAVATDAN O`ZINI TAShLADI
  • Дата релиза: 13-07-17, 15:51
​VIDEOO`YIN TUFAYLI 6 YoShLI BOLA UChINChI QAVATDAN O`ZINI TAShLADI
Belorus respublikasining Dyatlovo shahridagi ko`p qavatli uylarning uchinchi qavatidan 6 yoshli bola o`zini tashladi, deb xabar berdi Tengrinews.kz. nashri.

Voqea kecha kechqurun ro`y bergan. “Bola onasi bilan mehmonga borgan. Kattalar ko`chaga sayr qilishga chiqmoqchi bo`lib, bolani ham taklif etishgan. Biroq bola uyda qolib, kompyuter o`yinlarini o`ynashda davom etgan.

Uyga qaytgan ona va uy egalari bolaning uyda yo`qligini, u derazadan pastga o`zini tashlaganligini aniqlashgan”, deb ma`lumot berdi Belarus respublikasining Grodnenskiy viloyati Tergov qo`mitasi boshqarmasi rasmiy vakili Sergey Shershenevich. Bola shifokorlar tomonidan suyak sinishi va ichki organlarning jarohati gumon qilinib, zudlik bilan kasalxonaga olib ketildi. Ammo shifokorlarning gumonlari tasdiqlanmadi, bola muntazam kuzatuvga olindi.

“Voqea joyi va bola o`yin o`ynagan kompyuterni ko`zdan kechirgan tergovchilar uyda yolg`iz qolgan bola tajovuzkor, qo`rquvga soluvchi virtual o`yinni o`ynashga kirishganligini, bosh qahramonning buyruqlarini bajarishdan vahimaga tushganligini aniqlashdi. Bola qo`rqqanidan uydan qochib chiqmoqchi bo`lgan, biroq eshik qulf bo`lgani bois uchinchi qavat derazasidan o`zini pastga tashlagan”, deb ma`lumot berdi Sergey Shershenevich.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: