Главная » Yangiliklar » Viloyatlar markazlarida tramvaylar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Viloyatlar markazlarida tramvaylar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Viloyatlar markazlarida tramvaylar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Viloyatlar markazlarida tramvaylar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
  • Дата релиза: 02-05-17, 23:59
Viloyatlar markazlarida tramvaylar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Yaqin yillarda bir qator viloyatlar markazlarida tramvay qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining joriy yil birinchi choragidagi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati yakunlari va kelgusidagi rejalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytildi, deb xabar beradi O‘zA.

Bundan tashqari, istiqbolda Toshkent halqa yo‘lida elektrlashtirilgan yo‘llar qurish va elektr poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

“Temir yo‘llarda elektrlashtirish jarayoni hamda yangi temir yo‘llarni qurish bo‘yicha ishlar qizg‘in davom ettiriladi, — dedi ‘O‘zbekiston temir yo‘llari’ aksiyadorlik jamiyatining bosh menejeri — bosh muhandisi Husniddin Hosilov. — Kelgusida Toshkent halqa yo‘lida elektrlashtirilgan yo‘llar qurish va elektr poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish loyihasi yuzasidan choralar ko‘rilmoqda. Yaqin yillarda bir qator viloyatlar markazida tramvay qatnovi yo‘lga qo‘yiladi”.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: