Главная » Yangiliklar » Xadicha — “Yolg`iz qiz”
Xadicha — “Yolg`iz qiz”

Xadicha — “Yolg`iz qiz”

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Xadicha — “Yolg`iz qiz”
  • Дата релиза: 29-06-18, 17:35
Xadicha — “Yolg`iz qiz”
Xonanda Xadicha “Yolg`iz qiz” nomli yangi qo`shig`iga klip suratga oldi...

Klip jarayonlari uch kun davomida poytaxtimizning turli go`shalarida bo`lib o`tdi. Tasvirga olish maydonchasiga kelib, ijodkorlarning ishini kuzatdik, so`ng xonanda Xadichani suhbatga chorladik.

- “Yolg`iz qiz” qo`shig`ining g`oyasi o`zimga tegishli, oilada yolg`iz qiz farzand bo`lganim uchun bu mavzu menga begona emas. Qo`shiq g`oyasini iste`dodli shoir Hushnud Darveshga aytganimda, “ho`p” deyi-yu, ertasigayoq she`rni jo`natdi, – deydi Xadicha.

Dardli she`rga musiqa bastalashni yosh bastakorlardan biri Shohjahon Ergashev uddaladi. Endi navbat unga mos klip surtaga olishga keldi. Klip rejissyori Jamshid Isakxo`jaev, operator Jasur Shametov bilan hamkorlikda syujet janridagi videolavha suratga olindi.

- Klipga yosh iste`dodli, debyutant aktyorlarni taklif etdik. Uni rang-barang, tabiiy fonlar bilan boyitish uchun universitet, talabalar yotoqxonasi, temir yo`l kabi bir nechta obektlarni tanladik, - deydi klip rejissyori Jamshid Isakxo`jaev.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: