Главная » Yangiliklar » XALQ TA`LIMI VAZIRI O`QITUVChILARNI PAXTAGA JALB ETILIShI MASALASIGA IZOH BERDI
XALQ TA`LIMI VAZIRI O`QITUVChILARNI PAXTAGA JALB ETILIShI MASALASIGA IZOH BERDI

XALQ TA`LIMI VAZIRI O`QITUVChILARNI PAXTAGA JALB ETILIShI MASALASIGA IZOH BERDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: XALQ TA`LIMI VAZIRI O`QITUVChILARNI PAXTAGA JALB ETILIShI MASALASIGA IZOH BERDI
  • Дата релиза: 03-10-17, 21:38
XALQ TA`LIMI VAZIRI O`QITUVChILARNI PAXTAGA JALB ETILIShI MASALASIGA IZOH BERDI
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri Ulug`bek Inoyatov ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashuv chog`ida "Darakchi" gazetasi muxbirining "O`qituvchi paxtaga terimchi yollashga majburmi?" degan savoliga quyidagicha javob berdi.

— Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so`zlagan nutqida bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berilganini jahon minbaridan turib ta`kidlab o`tdi. Bugungi kunda o`qituvchi va o`quvchilarimizni paxtaga chiqishi qat`iyan ta`qiqlangan. O`qituvchilar o`z faoliyati bilan shug`ullanishlari kerak. Agar savolda qo`yilgani kabi, terimchi yollashga majburlash holati yuz beradigan bo`lsa, bunga nisbatan tegishli choralar ko`riladi, albatta. Xalq ta`limining pozisiyasi ta`lim sifat samaradorligini oshirishga qaratilgan va o`qituvchilarimizni bunday holatlardan himoya qilish uchun bizda tegishli normativ hujjatlarimiz ham bor. Qolaversa, davlatimiz qonunlari ham bunga yo`l qo`ymaydi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: