Главная » Yangiliklar » Xitoy Rossiya bilan “tezkor” yadroviy reaktorlar borasidagi hamkorlikni rivojlantirish istagini bildirdi
Xitoy Rossiya bilan “tezkor” yadroviy reaktorlar borasidagi hamkorlikni rivojlantirish istagini bildirdi

Xitoy Rossiya bilan “tezkor” yadroviy reaktorlar borasidagi hamkorlikni rivojlantirish istagini bildirdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Xitoy Rossiya bilan “tezkor” yadroviy reaktorlar borasidagi hamkorlikni rivojlantirish istagini bildirdi
  • Дата релиза: 12-10-14, 23:08
Xitoy Rossiya bilan “tezkor” yadroviy reaktorlar borasidagi hamkorlikni rivojlantirish istagini bildirdi

Xitoylik atomsozlar rus hamkorlari bilan XXRda tezkor neytronlar yordamida ishlovchi reaktorli atom energobloklarini qurish borasida hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Bu dunyo atom energetikasini rivojlantirishning eng maqbul yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi, deb ma’lum qildi Xitoy davlat yadro-energetik texnologiyalar kompaniyasi vakili Yuy Sushen. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.Tezkor neytronlar orqali ishlovchi reaktorli energobloklar atom energetikasining yoqilg‘i bazasini ahamiyatli darajada kengaytirishi hamda yopiq yadro-yoqilg‘i siklini tashkil etish hisobiga radioaktiv chiqindilarni kamaytirishi mumkin.
 Ko‘pchilik mamlakatlarda tezkor neytronlar orqali ishlovchi reaktorlar texnologiyasi mavjud emas, Rossiya esa bu yo‘nalishda dunyoning eng yetakchi davlati hisoblanadi. Xitoy “tezkor” reaktorlarni atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylantirishni rejalashtirmoqda.
 Rossiyaning Beloyar atom elektr stansiyasida tezkor neytronlar orqali ishlovchi BN-800 reaktorlarini ishlatishga tayyorgarlik ko‘rish ishlari olib borilmoqda.
 2008-yilda Rossiya va Xitoy o‘rtasida Futszyan Sanmin atom elektr stansiyasining qurilish loyihasi bo‘yicha hamkorlik boshlangan edi. Yadro sanoati bo‘yicha Xitoy davlat korporatsiyasi ushbu obyektning buyurtmachisi hisoblanadi.

Логин:
Пароль: