Главная » Yangiliklar » Xitoyda yog‘ingarchilik va toshqinlar oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi
Xitoyda yog‘ingarchilik va toshqinlar oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda yog‘ingarchilik va toshqinlar oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Xitoyda yog‘ingarchilik va toshqinlar oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi
  • Дата релиза: 26-06-17, 21:15
Xitoyda yog‘ingarchilik va toshqinlar oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi
Xitoyning markaziy va sharqiy provinsiyalarida davom etayotgan kuchli yog‘ingarchilik va u keltirib chiqarayotgan ofatlar oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi, 16 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Rasmiylarning bayonotiga ko‘ra, 22-iyundan buyon Chjeszyan, Anxoy, Szyansi, Xubey, Xunan, Sichuan, Guychjou, Yunnan provinsiyalarida hamda markazga bo‘ysunuvchi Chunsin shahrida yog‘ingarchilik tinmaydi.

Bir qator tumanlarda toshqinlar va yer o‘pirilishi kuzatildi. Ularning oqibatida 6,5 ming uy vayron bo‘ldi, 60 ming bino zararlandi.

Jami 73 million kishi jabrlandi. 504 ming kishi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilindi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: