Главная » Yangiliklar » Xitoydagi kimyo zavodida yuz bergan portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
Xitoydagi kimyo zavodida yuz bergan portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Xitoydagi kimyo zavodida yuz bergan portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Xitoydagi kimyo zavodida yuz bergan portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
  • Дата релиза: 21-09-16, 15:41
Xitoydagi kimyo zavodida yuz bergan portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
Xitoyning Shandun viloyatidagi Yantay shahrida joylashgan kimyo zavodida yuz bergan portlash oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. “TASS”ning ma’lum qilishicha, yana to‘rt kishi jabrlangan. Mahalliy ma’muriyat vakillarining ma’lum qilishicha, Wanhua kompaniyasiga tegishli zavodda o‘tkazilgan reja bo‘yicha texnik ko‘rik vaqtida resiver (bosim ostidagi texnik idish) portlab ketgan. Hodisa atrof-muhitga zararli moddalarning chiqib ketishiga sabab bo‘lmagan. Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan. Politsiya hodisa yuzasidan surishtiruv olib bormoqda. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Логин:
Пароль: