Главная » Yangiliklar » Xonanda Anvar Sobirov akasi og'ir dardga chalinganini ma'lum qildi
Xonanda Anvar Sobirov akasi og'ir dardga chalinganini ma'lum qildi

Xonanda Anvar Sobirov akasi og'ir dardga chalinganini ma'lum qildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Xonanda Anvar Sobirov akasi og'ir dardga chalinganini ma'lum qildi
  • Дата релиза: 04-01-18, 16:01
Xonanda Anvar Sobirov akasi og'ir dardga chalinganini ma'lum qildi
Xonanda Anvar Sobirov ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali akasi betobligini yozib qoldirdi va muxlislariga duo qilishlarini so`rab yuzlandi.

“Ey, musulmon birodarlarim, oramizda duosi shak-shubhasiz ijobat bo`lg`usi birodarlarim bor, bunga imonim komil. Ammo u kim? Bu Yaratgandan o`zga hech kimga ayon emas, shunday ekan sizdan, iltimos. Sobirovlar sulolasi bugun sizdan ushbu duoga muhtoj. Jonday aziz Murod akam bugun og`ir dard bilan kurashib turibdi, keling, bir on ixlos ila qiblaga yuzlanib akam uchun duo qilinglar, Yaratgan rahmini solsa ajab emas. Faqat duo, duo, duo, qilnglar, iltimos”.

Biz xonandaning akasining sog`ligi qanday holatda ekanini so`rash uchun Anvar Sobirov bilan bog`landik.

“Ming afsuski, mana nechinchi kundirki o`zgarish yo`q. Tashhislardan ma`lum bo`ldiki, Murod akamga qandaydir virus yuqqan, shu tufayli o`pkasi ishlamayapti. Shifokorlar ham Allohning mo`jizasiga ishonishyapti. Biz yaqinlari faqat duodamiz...” deydi kichik Sobirov.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan biz ham xonandaning akasiga mustahkam sog`lik tilab qolamiz.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: