Главная » Yangiliklar » Xonanda Botir Yaminov ruxsatsiz 100 dan ortiq muxlis to`plagani uchun uning klipi s`yomkasi to`xtatib qo`yildi
Xonanda Botir Yaminov ruxsatsiz 100 dan ortiq muxlis to`plagani uchun uning klipi s`yomkasi to`xtatib qo`yildi

Xonanda Botir Yaminov ruxsatsiz 100 dan ortiq muxlis to`plagani uchun uning klipi s`yomkasi to`xtatib qo`yildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Xonanda Botir Yaminov ruxsatsiz 100 dan ortiq muxlis to`plagani uchun uning klipi s`yomkasi to`xtatib qo`yildi
  • Дата релиза: 28-03-17, 12:25
Xonanda Botir Yaminov ruxsatsiz 100 dan ortiq muxlis to`plagani uchun uning klipi s`yomkasi to`xtatib qo`yildi
Xonanda Botir Yaminov klip suratga olish jarayonida muammoga duch keldi. Bu haqda "Daryo" xabar bermoqda.

«Mega Planet savdo majmuasida ‘Bilmadi yor’ deb nomlangan raqsbop qo`shig`imizga klip suratga oldik. Uning g`oyasidan kelib chiqib, bir qator sahnalar uchun bizga ko`proq muxlis kerak edi. Rejaga ko`ra biz sahna yasatib, hech bir tayyorgarliksiz o`sha erning o`zida qo`shiq aytishimiz, buning natijasida yig`ilgan muxlislar bilan esa klip olishni rejalashtirdik. Maqsadimiz — klipda tushaman deb oldindan tayyorlangan muxlislar bilan emas, shu erning o`zida jam bo`lganlar bilan klipni yanada jonli qilib suratga olish edi».

Biroq kutilmaganda muxlislar klip ijodkorlarining rejasidan-da ko`payib ketgan va ular sahna atrofini o`rab olgan. Tartib-qoida bo`yicha esa kamida yuz kishini to`plab konsert berish uchun xavfsizlik nuqtai nazaridan ruxsat olish kerak.

«Bizning bundan xabarimiz yo`q edi — deb gapini davom ettirgan Botir Yaminov. — Odamlar chinakam konsert deb o`yladimi, xullas, juda ko`pchilik yig`ildi. Qo`shiqni aytib bo`lib, klipning s`yomka ishlarini boshlagan vaqtimizda ichki ishlar xodimlari kelib qoldi. Ular jamoat joyida buncha odam bilan klip s`yomka qilishdan oldin ruxsatnoma olish kerakligini tushuntirishdi. Biz esa suratga olish ishlarini to`xtatishga, muxlislarni tarqatishga majbur bo`ldik».

«Boshqa kuni esa ichki ishlar xodimlari bergan maslahatga amal qilgan holda ruxsatnoma olib, so`ng ishni davom ettirdik. Hamkasblarimdan kimdir kun kelib ommaviy sahnalardan iborat klip suratga olsa, ularga oldindan ruxsat olishlarini maslahat berardim. Agar o`zim bu haqda avvalroq bilganimda vaqtimni ham, mablag`ni ham tejagan bo`lardim».

Hozirda Botir Yaminovning “Bilmadi yor” klipi tayyor bo`ldi. Yangi ijod namunasi tez kunlarda muxlislar e`tiboriga havola etiladi. Quyida klip tizerini tomosha qilishingiz mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: