Главная » Yangiliklar » ​XONANDA LOLA TURMUShGA ChIQDI
​XONANDA LOLA TURMUShGA ChIQDI

​XONANDA LOLA TURMUShGA ChIQDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​XONANDA LOLA TURMUShGA ChIQDI
  • Дата релиза: 28-08-17, 19:45
​XONANDA LOLA TURMUShGA ChIQDI
Lolaning Instagram`dagi kuzatuvchilari soni 1 millionga etdi.

Shu munosabat bilan xonanda muxlislariga murojaat qildi,ularga minnatdorchilik bildirdi hamda shaxsiy hayotidagi o`zgarishlarni ham ma`lum qildi:

"1 million. Qo`llab-quvvatlayotganingiz uchun rahmat sizlarga, do`stlar! Har doim mening yonimda bo`lgan, menga ishongan va meni kutadigan barcha muxlislarimga rahmat! Men buni juda qadrlayman! Siz yangi konsertim bo`lishi yoki bo`lmasligi, yangi qo`shiqlar vafilmlarni qachon taqdim etishim haqida ko`p so`raysiz....

Hozir hayotimda shunday davr boshlandiki, hammasiga ulgurish uchun yugurish, shoshishni istamayman, endi hayotda sinib qolmaslik uchun kuchli bo`lishim talab etilmaydi. Bu davrda men shunchaki yashashni istayman va buni qila olaman... Ertalabki yomg`irdan so`ng sayr qilish va qushlarning sayrashiga quloq tutish... Farzandlarim bilan tushlik paytigacha o`rinda yotish va hech qaerga shoshilmaslik, yaqinlarimni xursand qilish uchun soatlab oshxonada qolib ketish, so`ng oilam bilan kechki taom ustida sevimli oq vinoni ichish va yangi kitobni muhokama qilish...

Kechasi esa kuchli elkalarga bosh qo`yib uxlab, o`zimni sevimli va rosmana baxtli his etish...Bu daqiqalar bebaho! Mana shu daqiqalar hayot degani! Va u ajoyib!",—deb yozadi Lola.

Lola ayni damda sevgan insoni va farzandlari bilan Moskvada yashamoqda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: