Главная » Yangiliklar » Xonanda Nargiz Zokirova qamalish xavfi tufayli Ukrainadagi konsertini bekor qildi
Xonanda Nargiz Zokirova qamalish xavfi tufayli Ukrainadagi konsertini bekor qildi

Xonanda Nargiz Zokirova qamalish xavfi tufayli Ukrainadagi konsertini bekor qildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Xonanda Nargiz Zokirova qamalish xavfi tufayli Ukrainadagi konsertini bekor qildi
  • Дата релиза: 30-03-17, 11:23
Xonanda Nargiz Zokirova qamalish xavfi tufayli Ukrainadagi konsertini bekor qildi
Mashhur xonanda Nargiz Zokirova Ukraina hukumati tomondan qamoqqa olinish xavfi tug`ilganligi tufayli Odessada o`tkazilishi rejalashtirilgan ikki konsertini bekor qildi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Xonanda o`zining Instagram sahifasida mazkur holatdan g`azablanganini yashirmadi:

“Men shonli Odessa shahrining barcha aholisiga murojaat qilishni lozim topdim. Ming afsuslar bo`lsinkim, men va jamoam sizning shahringizda o`tkazilishi rejalashtirilgan konsertimni bekor qilishga majbur bo`ldik. Ayni paytda aksariyat Ukraina OAVlari agar sizning shahringizga boradigan bo`lsam, qamalishim mumkinligi haqida yozmoqda. Bundan qanchalik jahlim chiqqanligini aytishga tilim ojiz! Menimcha bu hodisalarning bari “Evrovidenie” musiqiy tanlovi atrofida bo`layotgan chigal vaziyatga bog`liq, balki adashayotgandirman”, - deb yozdi Nargiz.

Bundan ilgari Ukraina OAVlarida mahalliy jamoatchilik Nargiz Zokirovani qamoqqa olish to`g`risida milliy xavfsizlik xizmatiga murojaat qilgani haqida xabar berilgan edi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: