Главная » Yangiliklar » Xoverbordlar ishlab chiqaruvchi kompaniya Jennifer Lopesni sudga berdi
Xoverbordlar ishlab chiqaruvchi kompaniya Jennifer Lopesni sudga berdi

Xoverbordlar ishlab chiqaruvchi kompaniya Jennifer Lopesni sudga berdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Xoverbordlar ishlab chiqaruvchi kompaniya Jennifer Lopesni sudga berdi
  • Дата релиза: 01-04-17, 20:25
Xoverbordlar ishlab chiqaruvchi kompaniya Jennifer Lopesni sudga berdi
Skeytbordlarni eslatuvchi harakatlanuvchi qurilma — xoverbordlar ishlab chiqaruvchi Sidekick Group kompaniyasi xonanda Jennifer Lopesni shartnomani buzishda ayblab, sudga berdi. Bu haqda TMZ xabar bermoqda.

Sidekick Group Lopesning Las-Vegasdagi All I Have konserti uchun 42 ta xoverbordni bepul taqdim etgan edi. Buning evaziga qo‘shiqchi kompaniya uchun Instagram va Twitter’da reklama postlarini joylashtirishi kerak edi.

Kompaniya vakillarining da’vosiga ko‘ra, Lopes atigi bitta reklama postini joylashtirgan, uni ham keyinchalik o‘chirib tashlagan. Kompaniya shouda ishlatilgan xoverbordlar uchun xonandadan 54 ming dollar talab qilmoqda.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: