Главная » Yangiliklar » Yana bir ko`chaga Islom Karimov nomi berildi
Yana bir ko`chaga Islom Karimov nomi berildi

Yana bir ko`chaga Islom Karimov nomi berildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Yana bir ko`chaga Islom Karimov nomi berildi
  • Дата релиза: 02-04-17, 01:39
Yana bir ko`chaga Islom Karimov nomi berildi
O`zbekiston Respublikasining «Geografik ob`ektlarning nomlari to`g`risida»gi Qonunining 10-moddasiga hamda «Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida»gi Qonunning 24-moddasiga asosan Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi sessiyasi o`zining 2017 yil 10 martdagi qarori bilan Guliston shahar hokimligi huzuridagi geografik ob`ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo`yicha shahar komissiyasining bayonnomasiga asosan shaharning Namuna, Sayqal va Shodlik mahalla fuqarolar yig`inlari hududlaridan o`tadigan «Mustaqillik» ko`chasining nomini O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimov nomi bilan qayta nomlash to`g`risidagi komissiya qarorini tasdiqladi.

Shunday qilib, «Mustaqillik» ko`chasiga O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimov nomi berildi.

Mutasaddi tashkilotlarga qayta nomlangan ko`chaning nomini aholi o`rtasida keng targ`ib etish, belgilangan tartibda zamonaviy ko`rinishda, lotin yozuvida, peshlavhalarga yozib, o`rnatish ishlarini tashkil etish vazifasi topshirildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: