Главная » Yangiliklar » Yangi olti kamerali Amazon smartfonida 3D-tasvirlarni ko‘zoynaksiz ko‘rish mumkin bo‘ladi
Yangi olti kamerali Amazon smartfonida 3D-tasvirlarni ko‘zoynaksiz ko‘rish mumkin bo‘ladi

Yangi olti kamerali Amazon smartfonida 3D-tasvirlarni ko‘zoynaksiz ko‘rish mumkin bo‘ladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Yangi olti kamerali Amazon smartfonida 3D-tasvirlarni ko‘zoynaksiz ko‘rish mumkin bo‘ladi
  • Дата релиза: 06-06-14, 10:32
Yangi olti kamerali Amazon smartfonida 3D-tasvirlarni ko‘zoynaksiz ko‘rish mumkin bo‘ladi
Ilk Amazon smartfoni 18-iyun kuni Sietl (AQSh, Vashington)da taqdim etiladi. Bu haqda Mail.ru xabar berdi.

Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi smartfon biryo‘la 6 ta kameraga ega bo‘ladi. 13 megapikselli asosiy — orqa va old kamera odatiydir. Qolgan 4 ta modul esa old panel burchaklarida joylashgan bo‘lib, 3D-effekt yaratishda qo‘llaniladi. Ushbu past kuchlanishli infraqizil kameralar foydalanuvchi yuzi (ko‘zi)ning ekranga nisbatan joylashuvini kuzatadi va unga 3D-obyektlarni maxsus ko‘zoynaksiz ko‘rish imkonini beradi.

Nafaqat telefon ekranidagi fon va ikonkalar, balki Amazon internet-do‘konidagi mahsulotlar ham 3D shaklda aks etadi.

Amazon smartfoni dastlab faqat AQShda sotilishi kutilmoqda.

Yangi qurilma 4,7 dyuymli 1280×720 pikselli displey, Qualcomm protsessori, 2 Gb tezkor xotiraga ega bo‘ladi. U Amazon servislari bilan ta’minlangan Android operatsion tizimida ishlaydi.
Логин:
Пароль: