Главная » Yangiliklar » Yangi yildan Turkmanistonda qora avtomobillar boshqaruvi taqiqlanadi
Yangi yildan Turkmanistonda qora avtomobillar boshqaruvi taqiqlanadi

Yangi yildan Turkmanistonda qora avtomobillar boshqaruvi taqiqlanadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Yangi yildan Turkmanistonda qora avtomobillar boshqaruvi taqiqlanadi
  • Дата релиза: 02-01-18, 22:28
Yangi yildan Turkmanistonda qora avtomobillar boshqaruvi taqiqlanadi
Turkmanistonda 2018 yilning yanvar oyidan boshlab qora rangdagi avtomobillar boshqaruvi ta`qiqlandi, deb xabar qilmoqda "Xronika Turkmenistana" nashri.

Mamlakat hukumati 2015 yildayoq qora rangdagi avtomobillarni olib kirishga ta`qiq kiritgan edi. Endilikda qora rangdagi mashinalar ko`chalardan to`ppa-to`g`ri yo`l polisiyasi jarima maydonchalariga evakuasiya qilinmoqda.

Joriy etilgan yangi talablar tufayli avtoservislarda avtomobillarni qayta bo`yash xizmatlari narxi ikki barobarga oshgan. Agar ilgari mashinani bo`yatish 500 dollar turgan bo`lsa, hozirda bu 1000 dollarga tushmoqda.

Turkmaniston hukumati ushbu ta`qiq sabablarini izohlay olgani yo`q, deb yozgan nashr. Savollar va e`tirozlarga ular faqatgina "oq rangdagi mashinalarni xarid qilish kerak, chunki oq rang omad keltiradi", — deya javob qaytarishayotgani ma`lum.

Nashr shuningdek, oq rang — irimlarga ishonadigan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning sevimli rangi ekanligini keltirib o`tgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: