Главная » Yangiliklar » Yangi Zelandiya gazetasi halok bo‘lgan isroillik harbiy suratining o‘rniga komedik aktyorning rasmini chop etdi
Yangi Zelandiya gazetasi halok bo‘lgan isroillik harbiy suratining o‘rniga komedik aktyorning rasmini chop etdi

Yangi Zelandiya gazetasi halok bo‘lgan isroillik harbiy suratining o‘rniga komedik aktyorning rasmini chop etdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Yangi Zelandiya gazetasi halok bo‘lgan isroillik harbiy suratining o‘rniga komedik aktyorning rasmini chop etdi
  • Дата релиза: 31-07-14, 00:26
Yangi Zelandiya gazetasi halok bo‘lgan isroillik harbiy suratining o‘rniga komedik aktyorning rasmini chop etdi
The New Zealand Herald nashri 28-iyul kuni Yangi Zelandiyada tug‘ilgan Isroil harbiyining o‘limi bilan bog‘liq xabar yoniga Jackass serialida rol ijro etgan komedik aktyor — Rayan Dann suratini chop etgani uchun uzr so‘radi. Bu haqda Mashable xabar berdi.

Surat gazetaning dushanba soni muqovasida “Kivi G‘azoda o‘ldirildi” degan sarlavha bilan chiqarilgan. Aslida rasm G‘azo sektorida juma kuni halok bo‘lgan Gay Boylend ismli harbiyni aks ettirishi kerak bo‘lgan. Biroq uning o‘rniga 2011-yil avtohalokat natijasida vafot etgan amerikalik aktyorning surati chop etilgan.

Gazeta tahririyati bo‘lgan voqeadan so‘ng xabarga doir barcha ma’lumotlar qayta ko‘rib chiqilgani va natijada surat Boylendning Facebook’dagi sahifasidan olingani aniqlanganini aytib, uzr so‘radi.

Ma’lum bo‘lishicha, isroillik harbiy aktyorning muxlislaridan bo‘lgan. U Rayanning avtohalokat natijasida Pensilvaniyada vafot etganidan xabar topgach, o‘zining Facebook’dagi sahifasiga aktyorning rasmlarini joylagan.

Muharrir Sheyn Kurye voqea sodir bo‘lgan kunning o‘zidayoq The New Zealand Herald’ning rasmiy saytida harbiyning oilasi bilan uchrashib, ulardan uzr so‘ralgani va boshqa bunday xatolikka yo‘l qo‘yilmasligini ma’lum qildi.
Логин:
Пароль: