Главная » Yangiliklar » Yangilik: Erdan olis yulduzlarda hayot izlari aniqlandi

Yangilik: Erdan olis yulduzlarda hayot izlari aniqlandi

Yapon olimi Takuya Xasimoto boshchiligidagi xalqaro astronomlar guruhi radioteleskop yordamida MACS1149-JD1 galaktikasida kislorod izlarini aniqladi.

Olimlar ALMA radioteleskopi yordamida MACS1149-JD1 galaktikasi Erdan 13,28 milliard yorug`lik yili olisligida joylashganini aniqlashgan. Tadqiqotga ko`ra bu galaktikadagi yulduzlar Buyuk Portlashdan 250 million yil o`tib paydo bo`lgan. Ahamiyatlisi, bunchalik “keksa” yulduzlar fanga hozirgacha ma`lum emas edi.

“ALMA orqali mana shunday olis masofada kislorod izlari topilganidan juda hayajondaman. Shubhasiz, bu kashfiyot Koinotni tadqiq etish chegaralarini mislsiz ko`lamda kengaytirib yuboradi ”, degan yangi tadqiqot haqida guruh rahbari, Osaka universiteti va milliy astronomiya observatoriyasi xodimi Takuya Xasimoto.

Avvalroq ham astronomlar ALMA yordamida Koinotning eng olis nuqtalarida kislorod izlarini aniqlagan edi. Xususan, 2016 yilda olimlar Akio Inoe va Nikolas Laportu Erdan 13,1-13,2 milliard yorug`lik yili uzoqlikdagi masofalarda hayot belgilarini qayd etishga muvaffaq bo`lgan.
Manba: Darakchi.uz



Новости «Yangilik: Erdan olis yulduzlarda hayot izlari aniqlandi»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]