Главная » Yangiliklar » ​YaRAShTIRISh KOMISSIYaLARI ENDI AXBOROTNI OLDINDAN OLADI
​YaRAShTIRISh KOMISSIYaLARI ENDI AXBOROTNI OLDINDAN OLADI

​YaRAShTIRISh KOMISSIYaLARI ENDI AXBOROTNI OLDINDAN OLADI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​YaRAShTIRISh KOMISSIYaLARI ENDI AXBOROTNI OLDINDAN OLADI
  • Дата релиза: 06-10-17, 21:30
​YaRAShTIRISh KOMISSIYaLARI ENDI AXBOROTNI OLDINDAN OLADI
2017 yilning 6 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar oilaviy ajralishlarning oldini olishga, shu jumladan, ushbu masala yuzasidan mahallalarning tutgan o`rnini kuchaytirish orqali oldini olishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o`qishda ko`rib chiqdilar.

Hozirgi vaqtda fuqarolar yig`inlari huzurida yarashtirish komissiyalari ish yuritayotgan bo`lib, ular oilaviy muammolarni tinch yo`l bilan hal etish, ya`ni oilaviy nizolarni sudga qadar ko`rib chiqish bilan shug`ullanayotganligi deputatlar tomonidan ta`kidlandi. Kiritilayotgan yangi qoidalarga muvofiq O`zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga sudlar va FHDYo organlari tomonidan ularning ish yurituvida nikohdan ajratish bilan bog`liq ishlar mavjudligi to`g`risida yarashtirish komissiyalarini xabardor qilishga doir qoidalarni belgilashga qaratilgan o`zgartish va qo`shimchalar kiritilmoqda. Mazkur chora yarashtirish komissiyalariga yuz berishi mumkin bo`lgan ajralishlar to`g`risidagi axborotni oldindan olish va er-xotinlarni yarashtirishga harakat qilib ko`rish imkonini beradi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: