Главная » Yangiliklar » Yashnobod tumanida 26 yoshli “Spark” haydovchisi 53 yoshli piyodaning umriga zomin bo`ldi
Yashnobod tumanida 26 yoshli “Spark” haydovchisi 53 yoshli piyodaning umriga zomin bo`ldi

Yashnobod tumanida 26 yoshli “Spark” haydovchisi 53 yoshli piyodaning umriga zomin bo`ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Yashnobod tumanida 26 yoshli “Spark” haydovchisi 53 yoshli piyodaning umriga zomin bo`ldi
  • Дата релиза: 28-03-17, 19:43
Yashnobod tumanida 26 yoshli “Spark” haydovchisi 53 yoshli piyodaning umriga zomin bo`ldi
Yo`l-transport hodisasi poytaxtimizning Yashnobod tumanida 23 mart kuni soat 21.30 da sodir bo`ldi.

“Aviasozlar” bekati ro`parasida ohiri o`lim bilan yakun topgan mudhish YTH yuz berdi. 26 yoshli Toshkent shahar fuqarosi boshqaruvida bo`lgan “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi, 53 yoshli piyodaning umriga zomin bo`ldi, deb yozadi Nuz.uz nashri.

Olingan jarohatlardan erkak voqea joyida halok bo`ldi, zudlik bilan etib kelgan tez yordam brigadasi o`lim hodisasini qayd etdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB ma`lum qilinishicha, ayni damda hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, YTH oqibatlari o`rganilmoqda. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, hodisa avtomobil haydovchisining tezlikni oshirgani hamda piyodaning mumkin bo`lmagan joydan yo`lni kesib o`tganligi sababli sodir bo`lgan bo`lishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: