Главная » Yangiliklar » Yekaterinburgga uchayotgan samolyotda shirakayf bezori skotch yordamida o‘rindiqqa bog‘lab qo‘yildi
Yekaterinburgga uchayotgan samolyotda shirakayf bezori skotch yordamida o‘rindiqqa bog‘lab qo‘yildi

Yekaterinburgga uchayotgan samolyotda shirakayf bezori skotch yordamida o‘rindiqqa bog‘lab qo‘yildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Yekaterinburgga uchayotgan samolyotda shirakayf bezori skotch yordamida o‘rindiqqa bog‘lab qo‘yildi
  • Дата релиза: 28-11-17, 21:33
Yekaterinburgga uchayotgan samolyotda shirakayf bezori skotch yordamida o‘rindiqqa bog‘lab qo‘yildi
Rossiyaning Yekaterinburg shahriga uchayotgan samolyotning shirakayf yo‘lovchilaridan biri parvoz vaqtida to‘polon ko‘tardi, deb xabar beradi “TASS”.

Shu sababli ekipaj a’zolari mast to‘polonchini samolyot manzilga yetib borgunga qadar skotch yordamida o‘rindiqqa bog‘lab qo‘yishga qaror qildi.

“27-noyabr kuni Blagoveshchensk — Yekaterinburg yo‘nalishida parvoz qilayotgan U6-300 reysini amalga oshirish vaqtida alkogol ichimlik ta’sirida bo‘lgan yo‘lovchi nojo‘ya xatti-harakatlar qilgan. Boshqa yo‘lovchilar va ekipaj a’zolariga tahdid qilgan. U bort kuzatuvchilarning ogohlantirishlariga e’tibor bermagan. Shuning uchun havo kemasi komandiri qo‘l ostidagi vositalar(skotch) yordamida yo‘lovchining harakatini cheklash haqida qaror qabul qilgan va huquq-tartibot organlariga xabar bergan. Samolyot Kolsovo aeroportiga yetib kelganidan so‘ng yo‘lovchi politsiya xodimlari tomonidan bortdan olib tushilgan va navbatchilik qismiga olib borilib, yuz bergan holat yuzasidan protokol tuzilgan”, — deyiladi xabarda.Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: