Главная » Yangiliklar » Yer qaridagi suvning miqdori dunyo okeanlaridagi suv hajmiga teng ekanligi ma’lum bo‘ldi
Yer qaridagi suvning miqdori dunyo okeanlaridagi suv hajmiga teng ekanligi ma’lum bo‘ldi

Yer qaridagi suvning miqdori dunyo okeanlaridagi suv hajmiga teng ekanligi ma’lum bo‘ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Yer qaridagi suvning miqdori dunyo okeanlaridagi suv hajmiga teng ekanligi ma’lum bo‘ldi
  • Дата релиза: 13-06-17, 21:33
Yer qaridagi suvning miqdori dunyo okeanlaridagi suv hajmiga teng ekanligi ma’lum bo‘ldi
Yer qaridagi suvning miqdori barcha okenlardagi suv miqdoriga teng. Olimlarning bu kabi xulosaga kelishiga vulqon jinslarini o‘rganish davomida suvga boy qoldiqlarga duch kelganligi sabab bo‘ldi, deb xabar berdi “Nauka”.

410—660 kilometr chuqurlikda, Yer mantiyasidagi suvning ko‘rinishi biroz boshqacha: u ionlardan tuzilgan mineral kristall ko‘rinishda, deya ma’lum qildi New Scientist.

Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, Yer qaridagi suvlar sayyoraning biror-bir asteroid yoki kometa kabi tashqi faktorlar bilan to‘qnashishidan hosil bo‘lgan emas. Germaniyalik olimlar o‘zlarining taxminlari asosli ekanliginiga ishonch hosil qilish maqsadida laboratoriyada tajriba o‘tkazdi.

Geofizik va seysmik ko‘rsatkichlar quyi mantiyaning qayishqoqligi yuqori mantiyanikidan past ekanligini ko‘rsatdi.

Tajribada foydalanilgan qatlam qayishqoqligi sintetik bo‘lmagan jinslarniki bilan o‘zaro mos kelmoqda: olivin vulqon minerali guruhiga kiruvchi ringvudit — suvga tez to‘yinadi. Bu mantiyaning o‘tish zonasi quruq emas, balki nam ekanligidan dalolat beradi.

“Mantiya ostida joylashgan suvning ulkan hajmi qanday qilib u yerga tushib qolgan. Yoki u mantiya qattiqlashguniga qadar o‘sha yerda bo‘lganmi. Bu Quyosh tizimidagi boshqa sayyorlarga ham tegishli bo‘lgan Yer evolyutsiyasining asosiy savolidir”, — dedi Illinoys universitetidan bo‘lgan Stiven Yakobson.
Логин:
Пароль: