Главная » Yangiliklar » Yer yuzi aholisi 2018-yil 1-yanvarda 7,4 mlrd kishiga yetadi
Yer yuzi aholisi 2018-yil 1-yanvarda 7,4 mlrd kishiga yetadi

Yer yuzi aholisi 2018-yil 1-yanvarda 7,4 mlrd kishiga yetadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Yer yuzi aholisi 2018-yil 1-yanvarda 7,4 mlrd kishiga yetadi
  • Дата релиза: 29-12-17, 21:15
Yer yuzi aholisi 2018-yil 1-yanvarda 7,4 mlrd kishiga yetadi
Sayyora aholisi soni 2018-yil 1-yanvarda 7 444 443 881 kishiga yetadi. AQSh ro‘yxatga olish byurosi mutaxassislari shunday taxmin qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Byuroga ko‘ra, joriy yil 1-yanvariga nisbatan Yer aholisi 78,5 million kishiga ko‘paydi. O‘sish 1,07 foizni tashkil etdi.

AQShda 1-yanvar kuni aholi soni 326,97 million kishiga yetadi. Bu joriy yil 1-yanvariga nisbatan 2,3 million kishiga ko‘p.

Oldinroq byuro 2050-yilga kelib Yer yuzida 9 milliard kishi istiqomat qilishini taxmin etgandi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: