Главная » Yangiliklar » Yerga diametri 570 metrli fazoviy jism yaqinlashmoqda!
Yerga diametri 570 metrli fazoviy jism yaqinlashmoqda!

Yerga diametri 570 metrli fazoviy jism yaqinlashmoqda!

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Yerga diametri 570 metrli fazoviy jism yaqinlashmoqda!
  • Дата релиза: 07-08-19, 21:05
Yerga diametri 570 metrli fazoviy jism yaqinlashmoqda!
Yerga osmono`par bino kattaligida ulkan asteroid yaqinlashmoqda. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 10 avgust kuni 2006 QQ23 asteroidi soatiga 17 ming kilometrda harakatlanib, Erdan atigi 0,049 astronomik birlik (7,3 million kilometr)da uchib o`tadi.Ta`kidlanishicha, bu asteroidni Erga yaqin ob`ekt sifatida qarash mumkin. Bundan tashqari asteroid Erdan 0,05 astronomik birlikdan qisqa masofada o`tgani uchun uni xavfli asteroidlar qatoriga qo`shish mumkin. Ushbu asteroidning diametri taxminan 570 metrni tashkil etadi. Bu esa AQShdagi mashhur Empayr-steyt-bilding o`smono`par binosi balandligi (443 metr)dan ham kattadir. NASA’ vakillarining qayd etishicha, hozirda bu fazoviy jism Erga hech qanday xavf tug`dirmaydi. Chunki har yili o`rtacha oltita bu kattalikdagi asteroid Er oldidan uchib o`tadi. NASA erga yaqin ob`ektlarni kuzatishda va asteroid xavfiga qarshi choralar ishlab chiqishda davom etadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: