Главная » Yangiliklar » Yerga ulkan asteroid yaqinlashmoqda
Yerga ulkan asteroid yaqinlashmoqda

Yerga ulkan asteroid yaqinlashmoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Yerga ulkan asteroid yaqinlashmoqda
  • Дата релиза: 11-04-17, 11:55
Yerga ulkan asteroid yaqinlashmoqda
Diametri 650 metr bo`lgan 2014 JO25 asteroidi sayyoramizga kamida 1,8 million kilometr bo`lgan masofada yaqinlashdi, deb xabar berdi Mail.ru nashri.

Ulkan asteroid sayyoramizdan Oyga nisbatan to`rt marta uzoqlikda bo`lib, katta tezlikda yaqinlashib kelmoqda.

NASA mazkur PHA (Rotentially Hazardous Asteroid) asteroidini xavfli asteroidlar toifasiga kiritdi. Bu toifaga kattaligi 100 metrdan ortiq, Erga Oydan ko`ra 19,5 km masosfada yaqin bo`lgan asteroidlar kiradi.

Mazkur asteroid 2013 yilning fevral oyida Chelyabinsk shahriga tushgan asteroiddan 60 barobar kattadir. NASA astronom olimlarining so`zlariga qaraganda, ulkan asteroid sayyoramizga hech qanday tahdid solmaydi, u er orbitasidan xavfsiz ravishda uchib o`tib ketadi. Asteroid 2014 yilda kashf etilgan bo`lib, olimlar uni o`sha paytdan beri kuzatib kelishadi, hozircha uning ob`ekt strukturasi haqida hech narsa ma`lum emas. Uni murakkab astronomik asbob-uskunasiz ham tomosha qilish mumkin. Asteroidni 19 apreldan 20 aprelga o`tar kechasi kichik optik teleskop yoki binokl yordamida ham kuzatish mumkin. Katta tezlikda kelayotgan fazoviy jism Er yaqinidan o`tib, koinot kengliklari sari yo`l oladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: