Главная » Yangiliklar » YHXBB nazoratni kuchaytirmoqda, haydovchilar ogoh bo`ling
YHXBB nazoratni kuchaytirmoqda, haydovchilar ogoh bo`ling

YHXBB nazoratni kuchaytirmoqda, haydovchilar ogoh bo`ling

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: YHXBB nazoratni kuchaytirmoqda, haydovchilar ogoh bo`ling
  • Дата релиза: 26-02-18, 20:13
YHXBB nazoratni kuchaytirmoqda, haydovchilar ogoh bo`ling
Joriy yil 19-25 fevral kunlari O`zbekiston avtomobil yo`llarida sodir etilgan 135 yo`l-transport hodisasi tufayli 138 fuqaro turli darajada tan jarohati olgan. O`tgan hafta davomida respublika yo`l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 89 ming 485 qoidabuzarliklar aniqlangan. Ularning 45 ming 763 tasi qo`pol qoidabuzarliklardir. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining matbuot xizmatidan ma`lum qilindi.

Xabarda 1 ming 829 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargani, 14 ming 280 holatda belgilangan tezlik talablari buzilgani, 1 ming 125 nafar haydovchi esa svetofor va chorrahalardan o`tish qoidasiga amal qilmagani keltirilgan.

Shuningdek, transport vositasining oynalarini me`yoridan ortiqcha qoraytirgan 209, harakat vaqtida telefondan foydalangan 983 va xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangan 14 ming 826 nafar haydovchiga nisbatan ham ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko`rilgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: