Главная » Yangiliklar » ​YIL OXIRIGAChA TOShKENTDA 50 TA AVTOBUS WI-FI BILAN TA`MINLANADI
​YIL OXIRIGAChA TOShKENTDA 50 TA AVTOBUS WI-FI BILAN TA`MINLANADI

​YIL OXIRIGAChA TOShKENTDA 50 TA AVTOBUS WI-FI BILAN TA`MINLANADI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​YIL OXIRIGAChA TOShKENTDA 50 TA AVTOBUS WI-FI BILAN TA`MINLANADI
  • Дата релиза: 03-10-17, 21:27
​YIL OXIRIGAChA TOShKENTDA 50 TA AVTOBUS WI-FI BILAN TA`MINLANADI
«Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati "Wi-Fi Bus" loyihasini ishga tushirdi. Loyiha Toshkent shahri avtobuslarini Wi-Fi orqali ma`lumot uzatuvchi internet aloqasi bilan ta`minlashni ko`zda tutadi.

Endi poytaxtimiz jamoat transporti yo`lovchilari eshigida "Wi-Fi Bus" yozuvi mavjud avtobuslarda Ziyonet.uz milliy ma`rifiy-ko`ngilochar portali xizmatidan foydalanishlari mumkin, deb xabar beradi uza.uz sayti.

«Toshshahartransxizmat» AJ ma`lumotlariga ko`ra, yil oxiriga qadar poytaxtimizdagi ellikta yo`nalishli avtobus Wi-Fi aloqasi bilan ta`minlanishi rejalashtirilmoqda. Bugungi kunda bazasida 4 ming 650 ga yaqin yangilik, ma`rifiy va ko`ngilochar veb-zaxiralar mavjud bo`lgan Ziyonet.uz portaliga ulanish imkoniyati o`quv yili davomida, ayniqsa, yo`lovchilar oqimining salmoqli qismini tashkil etuvchi talabalar, kollej va liseylar o`quvchilarini xushnud qiladi. Bundan tashqari, mazkur yangilik kelajakda shahar transporti faoliyatini takomillashtirish hamda poytaxtimiz aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish uchun zamonaviy axborot tizimlarini faol joriy etishda qo`l keladi. Ayni paytda Wi-Fi orqali simsiz ma`lumot uzatish xizmati 2-, 38- va 72-yo`nalishlardagi transport vositalarida ishga tushirilgan.

Bunday imkoniyat tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda, chunki Toshkentda shahar jamoat transportidan har kuni 1,3 millionga yaqin yo`lovchi foydalanadi. Kuniga 3,5 ming kilometr masofadagi yo`nalishlarda deyarli 25 ming reys amalga oshiriladi. Kuzatishlarga qaraganda, shahar jamoat transportidan muntazam foydalanadigan yo`lovchi o`rtacha kuniga yarim soatdan 2 soatgacha vaqtini avtobusda o`tkazadi. Yangi uskuna tufayli yo`lovchilar bu vaqtni mazmunli o`tkazishi, ya`ni ta`lim va ma`rifiy veb-zaxiralardan bahra olishga sarflashi mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: