Главная » Yangiliklar » Yog`-moy mahsulotlarining narxi tushishi kutilmoqda
Yog`-moy mahsulotlarining narxi tushishi kutilmoqda

Yog`-moy mahsulotlarining narxi tushishi kutilmoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Yog`-moy mahsulotlarining narxi tushishi kutilmoqda
  • Дата релиза: 25-01-18, 16:55
Yog`-moy mahsulotlarining narxi tushishi kutilmoqda
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yog`-moy tarmog`ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori imzolandi.

Qarorda Sog`lom raqobat muhitini rivojlantirish va keng turdagi yog`-moy mahsulotlari ishlab chiqarilishini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mazkur tarmoqdagi mavjud tizimli muammolarga barham berish bozorni sifatli, xavfsiz, arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan to`ldirish va butun mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlashning eng muhim sharti hisoblanishi qayd etilgan.

Qaror orqali ma`lum qilinishicha, «O`zpaxtasanoateksport» XKga tegishli bo`lgan bo`lgan «O`zpaxtayog`» AJ ustav kapitalidagi ulush O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 noyabrdagi «Paxtachilik tarmog`ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ–3408-son qaroriga muvofiq davlat mulkiga nominal qiymat bo`yicha o`tkazilgan.

2019 yil 1 yanvarga qadar muddatga o`simlik yog`ini ishlab chiqaruvchilar import yog`-moy xom ashyosi asosida ishlab chiqarilgan hajmlar bo`yicha qo`shilgan qiymat solig`i to`lashdan ozod qilinadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: