Главная » Yangiliklar » ​YoNG`IN XAVFSIZLIGI TALABLARIGA RIOYa ETING!
​YoNG`IN XAVFSIZLIGI TALABLARIGA RIOYa ETING!

​YoNG`IN XAVFSIZLIGI TALABLARIGA RIOYa ETING!

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​YoNG`IN XAVFSIZLIGI TALABLARIGA RIOYa ETING!
  • Дата релиза: 06-10-17, 21:31
​YoNG`IN XAVFSIZLIGI TALABLARIGA RIOYa ETING!
«Yong`inlar profilaktikasi kuni» tadbiri doirasida, 2017 yilning 04 oktyabr kuni Toshkent shahar IIBB Yong`in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbirlar davomida, Toshkent shahar hududida joylashgan aholi turar joylarida, tashkilotlarning ishchi va xizmatchilari o`rtasida yong`in xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan keng tushuntirish va targ`ibot ishlari olib borildi.

Yong`in xavfsizligini ta`minlash maqsadida quyidagi talablarga rioya etish lozim:

- uy va ishdan chiqishdan, tungi dam olishga tayyorgarlik ko`rishdan avval gaz va elektr moslamalarni ko`zdan kechirib, ularni o`chirilganligini tekshiring;

- gugurt va boshqa tez alanga oluvchi vositalarni bolalardan uzoqroq joyga qo`ying, yosh bolalarni yolg`iz va nazoratsiz qoldirmang;

- uyingizda tez alanga oluvchi va portlovchi moddalarni saqlamang;

- yotar joyingizda sigareta chekmang;

- xonadoningizni birlamchi yong`in o`chirish vositasi bilan ta`minlang;

- yong`in sodir bo`lganda, yong`in joyini zudlik bilan tark eting hamda “101” telefon raqamiga qo`ng`iroq qilib, xabar bering.

Yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya etish har bir fuqaroning majburiyatidir.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: