Главная » Yangiliklar » Yoshligida muhtojlikdan itini 40 dollarga sotgan Silvestr Stallone
Yoshligida muhtojlikdan itini 40 dollarga sotgan Silvestr Stallone

Yoshligida muhtojlikdan itini 40 dollarga sotgan Silvestr Stallone

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Yoshligida muhtojlikdan itini 40 dollarga sotgan Silvestr Stallone
  • Дата релиза: 15-04-17, 12:10
Yoshligida muhtojlikdan itini 40 dollarga sotgan Silvestr Stallone
Odamning omadga, muvaffaqiyatga erishishi oson ish emas, deb xabar beradi “Adme.ru” nashri.

Silvester Stallone kareraga erishish uchun qadrli itini sotishga majbur bo`lgan edi.

Stalonne hozirda 71 yoshga kirgan. Aktyor 26 yoshda ekanligida yolg`iz va hech kimning nazari tushmagan oddiy yigit edi. O`sha paytlarda uning bittagina shimi va yirtiq poyafzali bo`lib, yangi kiyim sotib olish uchun puli yo`q edi. U o`sha paytlardayoq “Rokki” filmining ssenariysini yoza boshlagandi. Silvesterning yagona ovunchog`i, eng yaqin do`sti Butkus laqabli iti edi. Ssenariy yozayotgan Silvester umuman uydan chiqmas, faqatgina iti bilan gaplashar, butkul yolg`iz edi.

“Butkus laqabli itim yagona suyanchig`im edi, – deb xotirlaydi Silvester Stalonne, – bu dunyoda mavjudligim uchun xursand bo`ladigan yagona jonzot ham u edi, itim xursandchiligimni ham, g`am-qayg`umni ham birga baham ko`rar, kayfiyatimni ko`tarardi. Biz avtobus bekatidagi kichkina xonada ozib-to`zib, och-nahor kun kechirardik. Aynan shu erda ssenariy yozishni boshladim. Bir kuni non olish uchun umuman pulim qolmadi, o`zimdan ham ko`ra itimga ko`proq achindim. Ochlik ikkalamizning ham sillamizni quritdi. Ochlikdan qutulishning yagona yo`li itimni sotish edi. Itimni 40 dollarga sotib oladigan xaridor topildi. Unga Butkusni bitta shart bilan, ya`ni pul topgan kunim itimni qaytarib sotish sharti bilan sotdim. Xaridor shartimga ko`nib, albatta itni qaytarishga va`da berdi. Shunday kunlarning birida “Rokki”ning ssenariysini sotdim va itimni qaytarib olishga qaror qildim. Uni mendan 40 dollarga sotib olgan odam chorasizligimni ko`rib, 15 ming dollarga qaytarib sotishini ma`lum qildi. Eng og`ir kunlarimda, muhtojligimda yonimda bo`lgan jonzot u aytgan bahoga arzirdi. Kelajakda katta muvaffaqiyatlarga erishib, mashhur insonga aylangan bo`lsam-da, o`sha paytlardagi to`rt oyoqli do`stim bilan tongda, sovuqda sayr qilgan kunlarimizni juda sog`inaman. Biz haqiqatan ham 24 soat davomida bir-birimizdan ayrilmas edik. U mening eng yaqin do`stim edi, uni yaxshi ko`rardim. Keyinchalik bunday vafodor do`stni uchratmadim...”
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: