Главная » Yangiliklar » Yuliya Yefimova Rio—2016 dagi ishtiroki uchun sovg‘a qilingan BMW X4 avtomobilini sotishga qaror qildi
Yuliya Yefimova Rio—2016 dagi ishtiroki uchun sovg‘a qilingan BMW X4 avtomobilini sotishga qaror qildi

Yuliya Yefimova Rio—2016 dagi ishtiroki uchun sovg‘a qilingan BMW X4 avtomobilini sotishga qaror qildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Yuliya Yefimova Rio—2016 dagi ishtiroki uchun sovg‘a qilingan BMW X4 avtomobilini sotishga qaror qildi
  • Дата релиза: 21-09-16, 15:42
Yuliya Yefimova Rio—2016 dagi ishtiroki uchun sovg‘a qilingan BMW X4 avtomobilini sotishga qaror qildi
Olimpiada o‘yinlarining uch karra sovrindori hisoblangan rossiyalik suzuvchi Yuliya Yefimova Rio—2016 dagi ishtiroki uchun berilgan BMW X4 avtomobilini sotishi haqida “TASS” sportchining agenti Anna Mitkovaga asoslanib xabar berdi. “Yuliya avtomashinasini ikkita sababga ko‘ra sotmoqchi, — deb so‘z boshladi sportchining agenti. — Birinchidan, unda London—2012 dagi ishtiroki uchun berilgan boshqa avtomobil bor (Audi A6). Ikkinchidan, Yuliya Moskva shahridan uy xarid qilishni rejalashtirgan. Rio Olimpiadasidan keyin unga ajratilgan pul esa uy uchun yetmaydi”. Yefimova Rio—2016 Olimpiadasining 100 va 200 metrga brass usulida suzish musobaqalarida ikkita kumush medalni qo‘lga kiritgandi. London—2012 da esa unga bronza medali nasib qilgan. Yuliya, shuningdek, to‘rt katta jahon va uch karra Yevropa chempioni sanaladi. Rio—2016 Olimpiadasidan keyin velopoygachi Denis Dmitriyev va sinxron suzuvchilardan biri ham o‘ziga sovg‘a qilingan avtomobilni sotuvga qo‘ygandi.
Логин:
Пароль: