Главная » Yangiliklar » ​Yunusobod tumanida ayol kishining pichoqlangan murdasi topildi
​Yunusobod tumanida ayol kishining pichoqlangan murdasi topildi

​Yunusobod tumanida ayol kishining pichoqlangan murdasi topildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Yunusobod tumanida ayol kishining pichoqlangan murdasi topildi
  • Дата релиза: 25-05-17, 23:42
​Yunusobod tumanida ayol kishining pichoqlangan murdasi topildi

2017 yilning 19 may kuni taxminan soat 17:00 da, Yunusobod tumani hududida joylashgan ko`p qavatli uylarining birida, ayol kishining ko`plab sanchilib kesilgan jarohati bilan murdasi topilgan. Shuningdek, xonadondan unga tegishli bo`lgan “SAMSUNG” rusumli uyali aloqa telefon apparati, tilla taqinchoqlari va pullari saqlangan temir quti talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan (qasddan odam o`ldirish) jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyat Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan, Ali Amankulov tomonidan sodir etilganligi aniqlandi. Undan jinoiy yo`l bilan qo`lga kiritilgan 3.600.000 so`m pul, 101 AQSh dollari, “SAMSUNG” rusumli uyali aloqa telefon apparati, tilla taqinchoqlar va erkaklar qo`l soati olingan.

Hozirda Amankulovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan bo`lib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Yuqoridagi shaxsning anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiya va ismlarning xar qanday o`xshashligi tasodifiy xarakterga ega.
Manba: Darakchi.uz

Логин:
Пароль: