Главная » Yangiliklar » Zaharli ilon oldida turgan qizchaning surati ijtimoiy tarmoqlarni larzaga soldi
Zaharli ilon oldida turgan qizchaning surati ijtimoiy tarmoqlarni larzaga soldi

Zaharli ilon oldida turgan qizchaning surati ijtimoiy tarmoqlarni larzaga soldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Zaharli ilon oldida turgan qizchaning surati ijtimoiy tarmoqlarni larzaga soldi
  • Дата релиза: 03-04-17, 10:21
Zaharli ilon oldida turgan qizchaning surati ijtimoiy tarmoqlarni larzaga soldi
Avstraliyalik Byanka Dikinson (Bianca Dickinson) Facebook sahifasiga zaharli ilonning oldida turgan qizchasi Mollining fotosuratini joylashtirdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Dikinsonning aytishicha, Avstraliyaning Kaniva shahri uchun ilonlar yangilik emas. U ikki yoshli qizchasini bolalar kiyimi brendi uchun tabiat qo`ynida suratga tushirishga qaror qildi. Ayol s`yomka jarayonida farzandining oyog`i tagida ilon turganiga ahamiyat berdi. Bundan qo`rqib ketgan ona bolasini xavfsiz joyga olish haqida o`ylayotganda, ilon sudralib o`z yo`lida davom etdi.

Fotosuratlarni tartibga keltirgan Dikinson qo`rqinli lahza aks etgan suratni ko`rdi. Suratga izoh bergan foydalanuvchilar bunday vaziyatda sarosimaga tushib qolishlari haqida yozishgan bo`lsa, ba`zilari inson ilonga teginmasa uning chaqmasligini aytishgan. Dikinsonning posti 23 mingta layk va deyarli o`n mingta repost to`pladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: