Главная » Yangiliklar » Zarina Nizomiddinova: Bahorni har yili intiqlik bilan kutaman
Zarina Nizomiddinova: Bahorni har yili intiqlik bilan kutaman

Zarina Nizomiddinova: Bahorni har yili intiqlik bilan kutaman

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Zarina Nizomiddinova: Bahorni har yili intiqlik bilan kutaman
  • Дата релиза: 28-02-18, 14:16
Zarina Nizomiddinova: Bahorni har yili intiqlik bilan kutaman
Bahor yaqin... Yilning har bir fasli hayotimda o`z o`rniga ega. Ammo bahor ularning hammasidan ham men uchun qadrli va sevimlidir. Tabiat uyg`onib, hammayoq bahoriy gullar iffori bilan to`lganda — 29 martda tug`ilganman. Shuning uchun ham har yili bu faslni intiqlik bilan kutsam kerak.

Dangasalik menimcha, har bir insonda kuzatiladi. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akadamek liseyida fortepiano yo`nalishida o`qiganman. O`shanda ustozlarim meni juda iqtidorli, deb rosa maqtashgan. Biroq o`zimning dangasaligim tufayli darslarni uncha yoqtirmasdim, o`qishga o`zimni majburlab borardim. Dangasaligim ana shu davrda menga juda qattiq pand bergan. Bugun bundan juda afsuslanaman. Agar o`shandagi iqtidorimga yarasha biroz mehnat qilganimda bugun aktrisa emas, yaxshi musiqachi bo`lgan bo`lardim. Ammo shunday bo`lsa ham, ustozlarimning o`rgantganlarini esimda, har zamonda musiqa dunyosiga sayr qilaman.

Kliplarda suratga tushishni yoqtiraman. Men uchun ular mini filmdek bir loyiha. Biroq ahamiyat bergan bo`lsangiz, so`nggi paytlarda ikkisida ham kamnamo bo`lib qoldim. Chunki yaxshi obrazlar bilan ijodimni boyitgim kelayapti. Saviyali klipda yoki kinoga taklif qilishsa, albatta, rozi bo`laman.

Teatr. Rejissyorlarimiz doim, teatr va kino aktrisalari ijrosida farq bor, deb aytishadi. Nega bilmadim, biroq shu kungacha hech teatrda faoliyat yuritish haqida o`ylab ko`rmaganman. Shuning uchun ham muxlislar meni teatr sahnasida ko`rishmaydi.

Xonandalik. Qo`shiq kuylash menga juda yoqadi. Ammo profesional darajada shug`ullanib, xonanda bo`laman deyolmayman. Bu soha men uchun shunchaki xobbi bo`lib qolsa kerak. Іa, mavridi kelganda aytib olay, tez kunlarda Shahriyor bilan kuylagan duetimizga baho berishingiz mumkin.

O`zbek kinosining rivojlanishi uchun... Faqatgina san`atda emas, balki har bir sohada inson o`z ustida ishlashi orqali ko`p narsaga erishish mumkin. Shuning uchun ham kelajakda o`zbek kinosi jahonga chiqishi uchun rejissyorlarimiz, ssenariynavislarimiz va albatta, biz aktyorlar ham tinimsiz izlanishda bo`lishimiz shart. Ana shunda muvaffaqiyatga erishish osonlashadi.

Shaxsiy hayot... Inson o`z baxtini uchratish uchun uni izlashga vaqt ketkazishini noto`g`ri, deb o`ylayman. U istagan paytda qalbimizga kirib kelishi mumkin. Men ham nasib qilgan kuni, albatta, baxtimni uchratishimga ishonaman. Bu savolga bundan ortiq batafsil to`xtalib o`tishni istamasdim.

San`atkorlar oilasi. Otam san`atkor bo`lganidan hech qachon uyalmaganman. Va bu sohada ishlaganlari hayotimda hech qanday to`sqinliklarga sabab bo`lmagan. Qaerga bormay, dadam haqida faqat yaxshi gaplar aytilardi. Men bundan doim faxr hissini tuyganman.

Tan olaman, bir kamchiligim bor. Bu ham bo`lsa, qaerga bormay, faqat kechga qolib yuraman. Bu odatimdan uyalsam ham, uni tarbiyalash qo`limdan kelmayapti.

Ayub Shahobiddinov men uchun haqiqiy iste`doli san`atkor! Ayub aka bilan birgina «Parizod» filmda hamkorlik qilgan bo`lsak-da, bu butun umrga ta`tigulik bo`ldi, deb bemalol ayta olaman. Keksayganimda farzandlarim va nabiralarimga rollarimni ko`rsatib maqtanganimda ham, birinchi o`rinda «Parizod»ni tilga olsam kerak. Shu kinodagi rolim bilan juda ko`p muvaffaqiyatlarga erishdim, rahmatlar eshitdim. Buning uchun esa rejissyorga yana bir karra alohida rahmat aytaman.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: