Главная » Yangiliklar » Zarina Nizomiddinova sobiq turmush o'rtog'i haqidagi haqiqatlarni so'zladi
Zarina Nizomiddinova sobiq turmush o'rtog'i haqidagi haqiqatlarni so'zladi

Zarina Nizomiddinova sobiq turmush o'rtog'i haqidagi haqiqatlarni so'zladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Zarina Nizomiddinova sobiq turmush o'rtog'i haqidagi haqiqatlarni so'zladi
  • Дата релиза: 05-01-18, 21:40
Zarina Nizomiddinova sobiq turmush o'rtog'i haqidagi haqiqatlarni so'zladi
Aktrisa Zarina Nizomiddinova o`g`lining otasi — birinchi turmush o`rtog`i bilan munosabatlari haqida ochiqcha gapirishga qaror qildi...

Zarina Nizomiddinova: — Ota-onam menga hech qachon yolg`on gapirmagan. Men ham xuddi shu tarbiya usulini o`g`limda qo`llayapman. U hamma narsani boricha qabul qilishga kichikligidan o`rganishsa hayotda kamroq qiynalishadi. Ikkinchi sinf o`quvchisi bo`lsa ham katta odamlardek suhbatda bo`lamiz. Misol uchun dadasi chet elda, bir-birimizga to`g`ri kelmaganimiz uchun ajrashganimizni, hatto munosabatlarimiz yaxshi emasligini ham tushuntirib berganman.

Ko`chada men haqimda yolg`on gaplarni eshitib siqilgandan ko`ra, o`zimdan bor gapni bilgani yaxshiroq, nazarimda. Sobiq turmush o`rtog`im bilan ajrashganimizdan so`ng qayta yarashishga ko`p urindi. Uyimizga kelib kechirim so`ragan paytlari ham bo`lgandi. O`sha paytlarda bolam, deb mehr ko`rsatganini eslolmayman. Ona uchun bolasiga nisbatan bunday beparvolik og`ir botadi. Aytmoqchimanki, o`g`lim Temirxon bo`lib o`tgan voqealardan keyin dadasini qo`msashi yoki sog`inishi qiyin.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: