Главная » Yangiliklar » Ziyoda Qobilova marhum otasi haqidagi o`ylari bilan bo`lishdi...
Ziyoda Qobilova marhum otasi haqidagi o`ylari bilan bo`lishdi...

Ziyoda Qobilova marhum otasi haqidagi o`ylari bilan bo`lishdi...

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ziyoda Qobilova marhum otasi haqidagi o`ylari bilan bo`lishdi...
  • Дата релиза: 04-01-18, 16:00
Ziyoda Qobilova marhum otasi haqidagi o`ylari bilan bo`lishdi...
O`tgan 2017 yil, Ziyoda Qobilova uchun ham quvonchli, ham qayg`uli kunlar bilan o`tdi, desak mubolag`a bo`lmaydi...

U 11 mart kuni ikkinchi bor onalik baxtiga muyassar bo`lgan bo`lsa, oradan ko`p o`tmay — 29-iyun kuni esa otasi Rustam Qobilov tuyqusdan vafot etdi. Har bir farzandga singari, xonanda uchun ham bunday judolik juda og`ir. Ayni kunlarda ijodini faol tazrda davom ettirayotganiga qaramay Ziyodaning ko`nglidan nimalar kechayotgani faqat o`ziga ayon. Bugun esa u dilidagi gaplarini biz bilan bo`lishishga qaror qildi.

Ziyoda Qobilova: — Ilgari kimningdir ota yo onasi qazo qilganini eshitib qolsam, ichimdan zil ketardimu, ammo chuqur anglab etmasdim. Bu savdo boshimga kelgach bilyapmanki, juda og`ir kecharkan. Otamning vafotidan keyin xizmatlarga chiqolmay qoldim. Hech nima tatimadi. O`sha kunlari Samarqandda xizmatimiz bor ekan, mezbonlar bizning vaqtimizga mo`ljallab to`y kunini belgilashgandi. Ma`murim qo`ng`iroq qilib, borolmasligimizni aytdi. Shunda to`y egalari Toshkentga kelib, onamga uchrashishibdi «Bormasalar bo`lmaydi, iltimos ko`ndirib bering» deya. Onam menga qo`ng`iroq qilib, «Qizim, aza uch kun. O`zingni qo`lga ol, otang senga xalq xizmatida bo`l demabmidilar, unutdingmi?» deganlaridan so`ng ko`z yosh to`kdimu, o`zimni qo`lga olishim kerakligini angladim. Volidamning shu so`zlaridan so`ng Samarqandga jo`nab ketdik. Onamning «Lafz qildingmi, odamlarning ixlosini qaytarma, ishingni davom ettir» degan so`zlaridan o`zimda kuch olayapman. Yonimga kelib ta`ziya bildirayotganlar ko`p. Samarqandga borganimizda bir voqea bo`ldi, «Otajonim» taronasini aytib bering deb qolishdi. «Hozir buning iloji yo`q, to`g`ri tushining» desam ham ko`nishmadi, xullas kuyladim (ovozi titrab). Qo`shiqni boshladim, bir mahal to`yxona o`rtasiga dadamning rasmlarini keltirishdi, ishonasizmi, tamom bo`ldim... Bir tarafdan e`tiborlari, hamdarliklaridan quvonsam, ikkinchi tarafdan ko`nglim allanechuk bo`laveradi (yig`lab yubordi). Hali o`zimga kelganimcha yo`q. Nazarimda otam tirikday. Uyga borsam, hovlida turgan mashinani ko`rib, hozir otam chiqib keladigandek tuyuladi. Ammo u kishi endi yo`q,.. Yaxshiyamki, oilada sakkiz farzandmiz, etti qiz, bir o`g`il. Opa–singil, ukam, bir–birimizga tirgak bo`lyapmiz. Bunaqa paytlarda farzandlarning ko`p bo`lgani yaxshi ekan, bir-biringizga suyanarkansiz. Farzand ko`rganimda dadam kuniga uch-to`rt mahal xabar olib ketardilar. «Ovora bo`lib kelavermang» deya xijolat tortardim. Menimcha, hech kimning otasi bunday qilmasa kerak.

Otam haqida qancha gapirsam ham oz. Bizlarni hech kimdan kam qilmay voyaga etkazdilar. Biz qizlarni hammadan qizg`anardilar. «Edilar» deya so`zlashning o`zi og`ir, rosti hali ham ko`nikolmayapman. Hayot paytlari otam ko`p yaxshilik qilardilar. Hatto, etti yot begona odamning iltimosini erda qoldirmay, davolanishi kerak bo`lsa davolatib, puldan siqilib qolganlarga bozor–o`charini qilib berardilar. Qo`ni–qo`shnilarning uyidagi to`y yoki marakada otam hamisha xizmatda bo`lganlar. Biror marotaba ham og`ringanlarini ko`rmaganman. O`g`illarim otam singari qalbi pok inson bo`lishlarini niyat qilaman...
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: