Главная » Yangiliklar » Zo`ravonlik qurboni bo`lgan ayollar uchun "ishonch telefon"lari ishga tushirildi
Zo`ravonlik qurboni bo`lgan ayollar uchun

Zo`ravonlik qurboni bo`lgan ayollar uchun "ishonch telefon"lari ishga tushirildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Zo`ravonlik qurboni bo`lgan ayollar uchun "ishonch telefon"lari ishga tushirildi
  • Дата релиза: 10-09-18, 17:57
Zo`ravonlik qurboni bo`lgan ayollar uchun "ishonch telefon"lari ishga tushirildi
O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasi 1146 - yagona telefon raqamlarini ishga tushirdi. Bu haqda qo`mita matbuot xizmati ma`lum qildi.

«Ishonch telefon»lari zo`ravonlik qurboniga aylangan ayollar va qizlarimizga og`ir vaziyatdan chiqishlariga yordam berib, ruhiy, huquqiy hamda tibbiy ko`mak berish maqsadida tashkil etilgan. Bunda ayolning hohishiga ko`ra, uning shaxsi va murojaati sir saqlanadi.

"Zarur hollarda, jabrdiyda ayollar respublikamizning barcha hududlarida tashkil etilayotgan Ijtimoiy moslashuv markazlariga (shelterlarga) joylashtiriladi. Aytish joizki, boshlang`ich bosqichda "ishonch telefonlari" test rejimida ishlaydi", - deyilgan xabarda.

Butunjahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lumotlariga ko`ra, butun dunyoda har uchinchi ayol (35%) hayoti davomida u yoki bu turdagi zo`ravonlikka duch kelar ekan. Bu butun jahonda mavjud bo`lgan o`ta dolzarb muammoligini isbotlovchi statistik ma`lumotlardir.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: