Главная » Yangiliklar » ​ZOKIR OChILDIEV IJODI, ORZULARI VA QANDAY QAYNOTA BO`LIShI HAQIDA
​ZOKIR OChILDIEV IJODI, ORZULARI VA QANDAY QAYNOTA BO`LIShI HAQIDA

​ZOKIR OChILDIEV IJODI, ORZULARI VA QANDAY QAYNOTA BO`LIShI HAQIDA

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​ZOKIR OChILDIEV IJODI, ORZULARI VA QANDAY QAYNOTA BO`LIShI HAQIDA
  • Дата релиза: 15-08-17, 16:33
​ZOKIR OChILDIEV IJODI, ORZULARI VA QANDAY QAYNOTA BO`LIShI HAQIDA
Qiziqchilarning sahna chiqishlarini tomosha qilib, ularning xarakteri va hayotiy qarashlarini to`g`ri baholash biroz mushkul. Asosan xalqni qiynayotgan biror bir muammoni nishonga olib, kulguga yo`yishadi. Bugungi qahramonimiz ham shunday, gap kelsa, ayab o`tirmaydi. “Sug`diyona” gazetasining ijodkorlari tomonidan «Handalak» guruhi a`zosi Zokir Ochildiev bilan uyushtirgan suhbatini e`tiboringizga havola etamiz.

— Hamkasblaringiz ijodini kuzatganda «Nega ular aytgan hazillar menining xayolimga kelmadi» degan o`y bo`lganmi hech? Ya`niki ijodkor sifatida rashkchimisiz?

— Odatda mening ijodimda rashk emas «g`ash»lik ko`proq kuzatiladi. Savolning birinchi qismiga kelsak, menda ko`proq bu holatning teskarisi bo`ladi. «Nega men aytgan gaplarni salgina o`zgartirib, muallifdek gapirisharkan» deya o`ylab qolaman.

— So`nggi o`qigan kitobingizdagi qaysi misralar yodingizda qoldi?

— Mutolaa qilayotgan kitobim hozir qo`limda turibdi. Mashhur sport sharhlovchisi Hayrulla Hamidovning «Izsiz yo`llar» kitobini maroq bilan o`qiyapman. Bu erda keltirilgan quyidagi to`rtlik e`tiborimni tortdi.

Yaxshi odamlarni izlang dunyoda.

Shu maqsad yo`lida, dunyo kezingiz.

Topa olmasangiz uni moboda,

O`sha yaxshi odam bo`ling o`zingiz...

— Oxirgi marotaba nimalar haqida orzu qildingiz?

— So`nggi paytlarda ko`proq sog`lig`im haqida qayg`uryapman.

— Etti yashar Zokir Ochildievga xat yozganingizda, unga nimalarni bayon etgan bo`lardingiz?

— «Zokir, hayotingning har bir kunida sen bilan sodir bo`layotgan voqea hodisalarni yozib bor. Kelajakda kitob qilasan» deya aytardim. Inson yoshi ulg`aygandan keyin ana shunday, bir qarashda oddiy, ammo juda muhim narsalar borligini sezar ekan...

— Mashhur bo`lishning eng qulay tomonlari nimada?

— Taniqililikning qulay tomonlaridan ko`ra, biroz noqulay jihatlari ko`proq. Qaerga bormaylik bizni tanib qolishganidan, erkinroq bo`lolmaymiz. To`g`ri bu kunlarni o`zimiz tilab olganmiz, shukur. Ammo ba`zan avvalgidek, ko`cha-kuyda bemalol yurgan paytlarimni qumsayman. Istagan bozorga borib, bemalol aylanib yurardim. Bugun esa istaymanmi yo`qmi, san`atkor ekanligimni bilganlar men bilan boshqacha gaplasha boshlaydi. Bu meni biroz hijolatga qo`yadi...

— Bugungi taniqli xonandalarning kuchli uchtaligini ayta olasizmi?

— Bugun faol xonandalarimiz juda ko`p. 1. O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov. 2. Farhod Saidov. 3. O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova. Bu san`atkorlar barcha yoshlarga o`rnak bo`la olishadi, nazarimda.

— Ko`rinmas odamga aylanib qolganingizda...

— Birinchidan, tabiat qonuniga qarshi chiqqim yo`q. Shuning uchun doim ko`rinib yurishni istayman. Lekin agar shunday bo`lib qolsa, o`zimga o`xshagan «ko`rinmaslarni» bir erga to`plab, o`g`rilik, mutahamlik va atrofga ziyon keltirayotganlarni jazolash bilan shug`ulanardim.

— Qaynotangizga qanday kuyov bo`ldim deb o`ylaysiz?

— Qaynota va qaynonam baxtimizga bugun sog` salomat bizning rohatimizda umr kechirib kelishyapti. Yoshlari saksondan o`tib boryapti. Qaynotam o`zimga o`xshagan juda hazilkash, hali haligacha allambalo gaplar bilan kuldira oladigan inson. Ularga juda havas qilaman. Kelajakda ular singari boriga shukr qilib, kuyovning ishiga aralashmaydigan uni o`z farzandidek ko`radigan, ta`ma qilmaydigan qaynota bo`lishga harakat qilaman.

Aliya SULAYMANOVA suhbatlashdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: