Главная » Скачать музыку


Xalqaro xotin-qizlar kuni (8 mart) va Navro`z (21 mart) bayramlarini nishonlash uchun o`zbekistonliklarga etti kun dam olish beriladi.

8 mart juma kuniga to`g`ri keladi, bayram dam olish kunidan so`ng besh kunlik rejimda ishlovchi o`zbekistonliklar yana ikki kun — shanba va yakshanba dam oladi (9—10 mart).

Navro`z bu yil payshanba kuni nishonlanadi. O`zbekiston Prezidentining 2018 yil 12 noyabrdagi farmoni bilan qo`shimcha dam olish kuni — 22 mart, juma tasdiqlangan. 23 va 24 mart kunlaridagi dam olish kunlarini hisobga olganda, o`zbekistonliklar ketma-ket to`rt kun dam olishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 06-02-19 | Комментарии (0)


GM Uzbekistan avtomobil zavodi nomi o`zgaradi. Bu haqda "O`zavtosanoat" AJ raisi o`rinbosari Aziz Shukurov 5 fevral kuni “O`zbekiston avtomobil sanoati: kechagi kun va kelajak istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani vaqtida ma`lum qildi.

"Tez orada GM Uzbekistan nomi o`zgaradi. Hozirda bu bo`yicha ish olib bormoqdamiz. Hamma masala hal bo`lgach, bu haqida xabar beramiz", - deya Shukurovning so`zlaridan iqtibos keltirmoqda "Xalq so`zi" muxbiri.

Eslatib o`tamiz, korxona eksport qilingan mahsulotlarini Ravon brendi ostida sotib keladi.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 06-02-19 | Комментарии (0)


Amerikaning Shimoli-G`arbiy universitetida tarixdagi eng boy odam ma`lum qilindi, deya ta`kidlamoqda RIA Novosti nashri.

1375 yili tuzilgan xaritada Malorka orolida yashab o`tgan qirol Mansa Musaning tasviri tushirilgan.

Mansa Musa to`qqizinchi asrda Mali davlatini 30 yilga yaqin boshqargan. Musa hududdagi oltin qazib olishni butunlay nazorat qilgan va uning eksportidan juda katta foyda ko`rgan.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 06-02-19 | Комментарии (0)


Olimlarning aytishicha, ortiq darajadagi jismoniyfaollik keksa ayollarning hayoti davomiyligiga salbiy ta`sir etadi, deb ma`lum qilmoqda Izvestiya nashri.

1 soatlik jismoniy faollik yoshi katta erkaklar uchun foyda bo`lsa, yoshi o`tib qolgan ayollar uchun zarar ekan. Ayollar 30-60 daqiqa sport bilan shug`ullanishning o`zi kifoya qilar ekan.

Ayollar qomatini joyida ushlashsa, vaznga e`tibor berishsa, shuning o`zi etarli, deyishmoqda olimlar.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 06-02-19 | Комментарии (0)


O`limidan oldin mashhur Vanga Nyu-Yorkdagi 11 sentyabr fojiasi, Breksit va IShID haqida bashorat qilib ketgan edi, deb xabar berdi Rambler nashri.

Vanganing bashoratiga ko`ra, 2019 yilda Rossiyaga meteorit tushishi, Donald Trampning qulog`i eshitmay qolishi kabi bashoratlar bor.

Qolaversa, uning aytib ketganlariga ko`ra, 2019 yilda falokatlar juda ko`p bo`lar emish.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 05-02-19 | Комментарии (0)


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 5 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechqurun biroz yog`ingarchilik bo`lishi mumkin (yomg`ir, qor). G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 3-5 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, Qoraqalpog`iston bo`ylab 5 darajagacha sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`ladi (yomg`ir qorga aylanishi mumkin). G`arbda ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 05-02-19 | Комментарии (0)


«Ummon» guruhi vakili Shohruh yana bir marta otalik baxtiga musharraf bo`ldi.

Bu haqda xonandaning o`zi Instagramdagi shaxsiy sahifasida ma`lum qildi.

Xonanda 2016 yilning avgust oyida turmush qurgan va 2017 yilning oktyabrida ilk marotaba otalik baxtiga erishgan edi, deb yozmoqda "Kunutun" nashri.

2016 yil 24 oktyabrda tug`ilgan qizaloqlariga ikki yosh Fahrinur ismini berishgan.

Biz ham Parvona.com sayti nomidan xonanda va uning oila a`zolarini quvonchli hodisa bilan tabriklab qolamiz!

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 04-02-19 | Комментарии (0)


Gidrometeorologiya xizmati markazi 3-6 fevral kunlari O`zbekistonda bo`ladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.

Yakshanba kuni Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, 3 fevral kuni yomg`ir yog`ishi mumkin. 5 fevral kuni ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, qorga aylanishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba`zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-4 fevral kunlari 0…+5, 5-6 fevralda esa -7…-12 daraja bo`ladi. 3 fevral kuni kunduzi +10…+15, 4-6 fevralda -2...-7 daraja bo`ladi.

Samarqand va Jizzax viloyatlarida ham havo o`zgarib turadi. 3 va 6 fevral kunlari yog`ingarchilik bo`lmaydi. 4 fevralda ayrim joylarda yomg`ir, 5 fevral kuni esa qor yog`adi. Tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba`zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-4 fevral kunlari 0…+5, 5-6 ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 02-02-19 | Комментарии (0)


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 2 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechqurun biroz yomg`ir yog`adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2, kunduzi 10-12 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, Xorazm viloyatida kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechqurun ayrim joylarda biroz yomg`ir yog`ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundig ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 02-02-19 | Комментарии (0)


QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun romantik kayfiyatda bo'lasiz. Buyoqda esa ishlaringiz boshingizdan oshib toshadi. Bundan tashqari muammolar ham yetarlicha bo'lishi kutilmoqda. Ularni esa yolg'izlikda bartaraf eta olmaysiz. Bularning barchasi sizni yolg'iz qolishga unday boshlaydi. Lekin yolg'iz qolib ham kutilgan natijaga erisha olmaysiz. Oila davrasida bo'lishingiz lozim. Ro'zg'ordagi muammolarni ijobiy hal etish uchun masalaga real munosabatda bo'lishingiz talab etiladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)


1 fevrada jiddiy xatolarga yo'l qo'ymaslik uchun tafakkuringizga suyanishingiz kerak bo'ladi. Ishda tashabbuskor bo'lishingiz talab etiladi. Shunda harakatlaringiz zoe ketmaydi. Kun davomida o'zgalarning muammolarini ham bartaraf etishda ko'mak berishingizga to'g'ri keladi. Ammo ehtiyot bo'ling. O'zingizga tegishli muammolar o'lda-jo'lda qolib ketmasin. Bugun sizga moliyaviy inqiroz soya solmaydi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 01-02-19 | Комментарии (0)


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 1 fevral kuni Toshkentda havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 6-8 daraja iliq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 01-02-19 | Комментарии (0)


Yaqinda Rossiyadagi «Vertolyotы Rossii» aksionerlik jamiyati bosh direktori Andrey Boginskiyning «Rosvertol» kompaniyasi rahbari Pyote Motrenko nomiga bitilgan maktubi internet saytlarda e'lon qilindi. Maktubda Boginskiy Motrenkodan Rossiya xalq artisti, estrada malikasi Alla Pugachyovaning konsertiga homiy sifatida 40 million rubl miqdorda mablag' ajratishni so'ragan.

Pugachyovaning rasmiy vakilasi Yelena Chuprakova ham bu maktub haqiqatan mavjudligini tasdiqladi. Vakilaning aytishiga ko'ra, kompaniya Pugachyovaning bitta konserti homiyligini o'z zimmasiga olgan. Biroq Pugachyova bu konsertdan qancha gonorar olishi mumkinligini sirligicha qoldirdi.

Eslatib o'tamiz, Alla Pugachyova o'zining 70 yillik yubileyi munosabati bilan shu yil 17 aprel kuni Kreml konsertlar zalida jonli konsert dasturini namoyish etadi.
Manba: Hordiq.uz

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 01-02-19 | Комментарии (0)


55 yoshli erkak yonida belkurak bilan garajda o'lik holda topildi. Bu voqea AQShning Viskonsin shtatida bo'lgan.

Kimligi ma'lum qilinmagan erkak o'zining garajida belkurak bilan qulab tushgan va hushini yo'qotgan. Garajda u qancha vaqt bo'lgani noma'lum. Buning natijasida erkak muzlab qolgan va vafot etgan.
Manba: Hordiq.uz

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 01-02-19 | Комментарии (0)


Ayova shtati hukumati mahalliy aholiga imkoni boricha chuqur nafas olmaslik va ko'chada gaplashmaslikni tavsiya qilishdi.
AQShda meteorologlar fuqarolarni anomal sovuq kunlar boshlanishi haqida ogohlantirdi, deb xabar qilmoqda BBC.

Ayrim joylarda havo harorati – 53 darajagacha pastlashi mumkin. Meteorologlar ushbu noodatiy holatni qutbdagi bo'ronlar ta'siri deb tushuntirishmoqda.

Ayova shtati hukumati mahalliy aholiga imkoni boricha chuqur nafas olmaslik va ko'chada gaplashmaslikni tavsiya qilishdi. Viskonsin, Michigan va Illinoys shtatlarida favqulodda holat e'lon qilingan. Shuningdek, janubiy shtatlarda – Alabama va Missisipida ham favqulodda holat e'lon qilingan.

Mutaxassislar so'zlariga ko'ra, ko'chada 10 daqiqa turishning o'zi sovuq oldirish xavfini keltirib chiqaradi.

Seshanbadan payshanbagacha eng sovuq havo harorati kutilmoqda. Chikago shahridan Antraktidadan ham sovuqroq ob-havo harorati kuzatiladi. Havo harorati – 33 ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 01-02-19 | Комментарии (0)


“GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyatining matbuot xizmati ma`lum qilishicha, xaridorlarga taqdim etilayotgan mahsulotlar sifatini yanada yaxshilash va xizmat ko`rsatish darajasini oshirish jamiyatning joriy yildagi ustuvor vazifalaridan biridir.

Unga ko`ra, jamiyat 2019 yilning 1 fevralidan yangi avtomobillarga kafolatli xizmat ko`rsatish muddatini uzaytiradi. Bundan asosiy maqsad esa ishlab chiqarilayotgan avtomobillar texnik holatini a`lo darajada saqlab turish va mijozlar ishonchini oshirishdir. Avvallari ushbu xizmat ko`rsatish bir yil yoki 20 000 kilometr masofani tashkil etgan bo`lsa, yangi qulaylik sabab endi ushbu muddat 3 yilga yoki 100 000 kilometr masofani o`z ichiga oladi.

Ahamiyatlisi shuki, uzaytirilgan kafolat muddati kompaniyaning rasmiy dilerlaridan 2019 yilning 1 fevralidan boshlab xarid qilinadigan avtomobillarga tatbiq etiladi. Kafolat muddati avtomobilning egasi bilan bog`liq bo`lmaydi, ya`ni ushbu davr mobaynida avtomobil egasi o`zgarsa, ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 31-01-19 | Комментарии (0)


O`zbekistonda qishning so`nggi oyida viza rejimi, bojxona rasmiylashtiruvi, ko`chmas mulk huquqini ro`yxatdan o`tkazish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo`yicha yangi qoidalar kuchga kiradi, deb yozadi Norma.

Mamlakat xorijliklar uchun «ochiladi»

2019 yil 1 fevraldan:

a) 45 mamlakat fuqarolari O`zbekistonga 30 kungacha bo`lgan muddatga vizasiz rejim asosida tashrif buyurishi mumkin bo`ladi. Ular orasida dastlab bunday imkoniyat 2021 yilda taqdim etilishi rejalashtirilgan mamlakatlar ham bor;

b) 76 mamlakat fuqarolari O`zbekistonga kirish elektron vizasini rasmiylashtirishi mumkin bo`ladi. Uning afzalligi – viza olishning tez va osonligi: e-visa.gov.uz portali orqali ikki ish kunida olish mumkin.

Vakolatli iqtisodiy operatorlar va «front-ofis»lar paydo bo`ladi

Xalqaro standartlarga muvofiq vakolatli iqtisodiy operatorlar instituti paydo bo`ladi. U tashqi iqtisodiy faoliyatning halol ishtirokchilariga sod ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 31-01-19 | Комментарии (0)


Gidrometeorologiya markazi ma`lumotiga ko`ra, 31 yanvar kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan biroz yomg`ir yog`adi. Kechasi 3-5, kunduzi 6-8 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Samarqand viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 31-01-19 | Комментарии (0)


O`zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi to`g`risidagi yo`riqnomaga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi buyruq loyihasi muhokamaga qo`yildi.

Ushbu hujjat loyihasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan.

Mazkur hujjat bilan IIVning 2012 yil 1 maydagi 71-son buyrug`i bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi to`g`risidagi yo`riqnomaga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish nazarda tutilgan.

Hujjat loyihasida doimiy propiskaga ega bo`lish uchun fuqarolar davlat xizmatlari ko`rsatishning soddalashtirilgan tartibini ta`minlaydigan elektron tizim orqali murojaat qilishlari mumkinligi qayd etilgan.

Loyihada fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq, doimiy yashash joylarida propiskadan o`tishla ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 31-01-19 | Комментарии (0)


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 29 yanvar kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5, kunduzi 13-15 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ishi kutiladi. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lma ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 29-01-19 | Комментарии (0)


Markaziy bank xorijiy valyutalarning so`mga nisbatan 29 yanvardan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o`tgan haftaga nisbatan 6,76 so`mga ko`tarilib, 8 384,94 so`m tashkil qildi.

Evro kursi ham 50,44 so`mga oshib, 9 568,89 so`mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 0,76 so`mga oshdi va 127,09 co`mni tashkil qildi.

Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 29-01-19 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 ... 134 135 »